Matbuot markazi
/
Tenderlar va tanlovlar
/
IT infratuzilmasi uchun apparat xavfsizlik modullari (HSM)ni yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov

IT infratuzilmasi uchun apparat xavfsizlik modullari (HSM)ni yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov

04.08.2026
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB IT-infrastrukturasida (PM) foydalanish uchun apparat xavfsizlik modullarini (HSM) yetkazib berish yuzasidan ochiq tanlov e’lon qiladi.

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  • Modullarni zamonaviy va nosozliklarga chidamli arxitektura asosida joriy etilish;
  • Funksional imkoniyatlarni (litsenziyalarni) hamda tizim unumdorligini kelgusida kengaytirish imkoniyati ta’minlanishi lozim;
  • Masshtablash (kengaytirish) bo‘yicha barcha ishlar tizimlar faoliyatini to‘xtatmasdan yoki ularning ishlashida minimal texnologik uzilishlar bilan amalga oshirilishi;
  • Uskunaviy xavfsizlik moduli (HSM) tunu kun, uzluksiz rejimda ishlashi shart. Faqat Protsessing markazida texnik vositalarni to‘xtatishni talab qiladigan texnik ishlar o‘tkaziladigan vaqt bundan mustasno;
  • Texnik xodimlarning xatolari minimallashtirilishi, jumladan apparat xavfsizlik modullari (HSM) boshqaruv tizimiga kirish huquqlarini aniq chegaralash hamda har bir modul bo‘yicha hodisalar jurnalini yuritish orqali ta’minlanishi;
  • Taklif etilayotgan uskunalar va dasturiy ta’minot (litsenziyalar) texnik talablarga to‘liq mos bo‘lishi hamda ularning texnik tavsiflari texnik topshiriqda belgilangan ko‘rsatkichlardan past bo‘lmasligi lozim;
  • Taklif etilayotgan uskunalar va dasturiy ta’minot yangi (ilgari foydalanilmagan), ishlab chiqarilgan sanasi 2024-yildan oldin bo‘lmagan hamda xalqaro standartlarga javob beradigan bo‘lishi;
  • Ijrochi mazkur texnik topshiriq talablarini to‘liq hajmda bajarish uchun zarur yechimni taqdim etishi hamda har tomonlama texnik ko‘makni ta’minlashi shart.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova № 2) va Tanlov taklifiga ilova 1 (Excel);
  2. Ishtirokchi anketasi (ilova № 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova № 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

0. Tanlov hujjatlari;
1. Ilova № 1 — Ishtirokchi anketasi shakli;
2. Ilova № 2 — Tanlov taklifi shakli HSM;
2.1 Tanlov taklifiga Ilova 1(Excel);
3. Ilova № 3 — Texnik topshiriq HSM;
4. Ilova № 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli;

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «HSM» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 18.08.2026 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar:
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256
Axmedov Dilshod, ichki: 0574
Artikov Mavlonbek, ichki: 0308

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2026