Matbuot markazi
/
Tenderlar va tanlovlar
/
«Hamkorbank» ATB «Islom bankingi» dasturiy majmuasini joriy etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB «Islom bankingi» dasturiy majmuasini joriy etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

14.07.2026
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB «Islom bankingi” dasturiy majmuasini joriy etish (dasturiy ta’minotni joriy etish, migratsiya, texnik qo‘llab-quvvatlash)» bo‘yicha ochiq tanlov e‘lon qiladi

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
  2. Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
  • Banklarda Islom bank tizimlarini (Islamic Core Banking) joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash tajribasiga ega bo‘lish.
  • Ishtirokchi quyidagi islom moliyasi mahsulotlarini amaliyotga joriy qilganlik (yoki qilmaganlik) tajribasi haqida ma’lumot berishi shart: Murabaha, Ijara (shu jumladan, Ijara va Iqtina), Mudaraba, Musharaka, Salam, Istisno, Vakala.
  • Tizim Jismoniy shaxslar (JSH), Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) va Yuridik shaxslarga (YUSh) xizmat ko‘rsatishni ta’minlashi kerak.
  • Taklif etilayotgan dastur bankning mavjud ABS tizimlaridan moliyaviy va funksional jihatdan mustaqil ravishda, alohida xizmat ko‘rsatuvchi kontur (qo‘shimcha ABS) sifatida ishlay olishi lozim.
  • Tizim islom moliyasi operatsiyalarini Shariat qoidalariga mosligini tekshirishni (validatsiya) ta’minlashi kerak. Bunda qoidalarni sozlash, Shariat qo‘mitasi bilan o‘zgartirishlarni kelishish, qoidalar versiyalari va tekshiruvlar tarixini saqlash imkoniyati bo‘lishi shart.

Texnik talablar batafsil ilovalarda ko‘rsatilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1)
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma‘lumotnoma (ilova 4)
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketasi shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Tanlov taklifi shakliga Ilova 1
  4. Tanlov taklifi shakliga Ilova 2
  5. Ilova 3 -Texnik topshiriq
  6. Ilova 4 -Tajriba ma‘lumotnomasining shakli
  7. Ilova 5 — Islomiy Banking dasturiy kompleksi maqsadli arxitekturasi mezonlari
  8. Ilova 6 — SLA bo‘yicha kelishuv
  9. Ilova 7 — Islomiy Banking muvofiqlik so’rovnomasi

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «Islomiy Banking» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 31.07.2026-yilgacha.

Aloqa ma‘lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: Telefon: 0−800−1-200−200, 1256
Axmedov Dilshod, ichki: 0574

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 27.07.2026