"Hamkorbank" ATB ma’lumotlar ombori yadrosi va RegTech vitrinalarini joriy etish bo’yicha tanlov e’lon qiladi
20 / 04 / 2026"Hamkorbank" ATB “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiq ma’lumotlar ombori yadrosi va RegTech vitrinalarini joriy etish bo’yicha ishlarni amalga oshirish uchun yetkazib beruvchini tanlash bo’yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:
- Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
- Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
- Ishlarni bajarishda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Bankning ichki me’yoriy hujjatlari, shuningdek Bankning DATA-ofisining arxitektura, metodologik, texnologik va tashkiliy standartlari talablari hisobga olinishi kerak;
- Ijrochi RegTech talablari asosida ma’lumotlar ombori yadrosi, ma’lumotlar vitrinalari va hisobotlarni ishlab chiqish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining kamida ikki bankida tasdiqlangan tajribaga ega bo’lishi, shu jumladan ABS iABS va RS-Bank O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlar modellari bilan ishlash tajribasiga ega bo’lishi kerak;
- Bank sohasida regulyatorlar bilan o’zaro hamkorlik qilish tajribasiga ega bo’lishi, jumladan regulyator talablarini aniqlashtirish bo’yicha muloqotlarda qatnashish, sinov yuklamalarini kuzatib boorish, atributlar, formatlar va hisoblash metodologiyasining talqinlarini muvofiqlashtirish – afzallik hisoblanadi.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan to‘liq talablar tanlov materiallarida keltirilgan.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
- Ishtirokchi anketa (ilova 1);
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Tanlov hujjatlari
- Ilova 1 - Ishtirokchi anketa shakli
- Ilova 2 - Tanlov taklifi shakli
- Tanlov taklifiga ilova 1
- Ilova 3 - Texnik topshiriq
- Ilova 4 - Tajriba ma’lumotnomasining shakli
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
- Pochta mavzusida «RegTech» deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 01.05.2025 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar: Dilshod Ahmedov,
Telefon: 0-800-1-200-200, 1256 ichki: 0574
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.





