«Hamkorbank» ATB dastur yaratuvchilar o‘rtasida «Masofaviy o‘qitish tizimi» dasturiy ta’minotini sotib olish uchun tanlov e’lon qiladi
24.04.2024
2 daqiqa
Tanlov qatnashchilari quyidagi ma‘lumotlarni taqdim qilishlari lozim:
- Tashkilotning ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borishdagi litsenziyasi va guvohnomasi;
- Tanlov qatnashchisi soliq va boshqa tashkilotlardan qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumot;
- Tashkilot va uning ta’sischilari reputatsiyasi salbiy holatlar yo‘qligi haqida ma’lumot;
- Tashkilot faoliyati haqida ma’lumot;
- Tashkilotning ustav fondi haqida ma’lumot;
- «Hamkorbank» ATB xodimlariga aloqadorligi mavjud emasligi haqida ma’lumot;
- Tashkilot va uning ta’sischilari sanksiyalar ro‘yxatida mavjud emasligi haqida ma’lumot;
- Oxirgi 3(uch) yil davomida mazkur tanlovda talab qilinayotgan loyihalarni bajarganligi haqida ma’lumot;
- Tanlov o‘tkazilayotgan dasturiy ta’minotni ishga tushirish, qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli kompetensiyaga ega xodimlar mavjudligi haqida ma’lumot.
Zaruriy hujjatlar:
- Ishtirokchining tadbirkorlik faoliyati haqidagi guvohnomasi;
- Ishtirokchining ushbu loyiha bo’yicha malakasi haqida ma’lumot;
- Ohirgi 2 yilda ushbu turdagi muvofaqiyatli amalga oshirilgan kamida 2 ta loyihalari haqida ma’lumot.
Tanlov shartlari:
- Takliflar elektron pochta orqali quyidagi manzilda qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
- Ma’lumot tijorat taklif mazmunida bo‘lib, taklif qilinayotgan mahsulot haqida qisqa izoh berilishi so‘raladi;
- Yuborilgan ma’lumot mavzusi «Masofaviy o‘qitish tizimi» deb ko‘rsatilishi kerak.
Takliflarni jo‘natishning oxirgi muddati: 2024-yil 6-may.
To‘lov valyutasi: Milliy valyuta so’m, Rossiya rubli va AQSH dollari
Muloqot qiluvchi shaxslar:
- Tanlov bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboev, m.ataboev@hamkorbank.uz
- Texnik savollar bo‘yicha: Musayev Baxromjon, b.musaev@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256. ichki: Murodjon Ataboyev — 1221, 1147. Musayev Baxromjon — 1059