«Hamkorbank» ATB yetkazib beruvchilar o’rtasida noutbuklar va boshqa turdagi texnikalar sotib olish uchun tanlov e’lon qiladi
28.05.2025
1 daqiqa
Yetkazib beruvchilar uchun talablar:
- Toshkent va Andijon shaharlari bo’ylab yetkazib berish imkoniyati.
Zaruriy hujjatlar:
- Mahsulot sertifikati;
- Yetkazib beruvchining tadbirkorlik faoliyati haqidagi guvohnomasi.
Tanlov shartlari:
- Takliflar elektron pochta orqali quyidagi manzilda qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
- Ma’lumot tijorat taklif mazmunida bo’lib, taklif qilinayotgan mahsulot haqida qisqa izoh berilishi so’raladi;
- Yuborilgan ma’lumot mavzusi «Noutbuk va texnika» deb ko’rsatilishi kerak.
Takliflarni jo’natishning oxirgi muddati: 2025 yil 10 iyun.
Miqdori: ilova qilinadi
To’lov valyutasi: Milliy valyuta so’m, Yevro yoki AQSH dollari
Muloqot qiluvchi shaxslar:
- Tanlov bo’yicha savollar: Murodjon Ataboev, m.ataboev@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200 ichki: 1221, 1147