Matbuot markazi
/
Tenderlar va tanlovlar
/
Oracle Exadata Database Machine X11M dasturiy-apparat majmuasini yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov

Oracle Exadata Database Machine X11M dasturiy-apparat majmuasini yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov

23.11.2026
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB uchun «Zaxira ma’lumotlarni qayta ishlash markazi uchun Oracle Exadata Database Machine X11M High Capacity (Quarter Rack) dasturiy-apparat majmuasini yetkazib berish va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish» bo‘yicha yetkazib beruvchini tanlash uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

  • Taklif etilayotgan yechim Texnik topshiriqning (3-ilova) barcha majburiy talablariga mos kelishi lozim;
  • Uskunalar yangi, qayta tiklanmagan bo‘lishi va Oracle’ning rasmiy kanali orqali yetkazib berilishi lozim;
  • Ishtirokchi yetkazib berish huquqini ishlab chiqaruvchi yoki rasmiy distribyutorning avtorizatsiya xati bilan tasdiqlashi lozim;
  • Ishtirokchi Oracle Exadata / Oracle Engineered Systems yechimlarini yetkazib berish va joriy etish tajribasiga ega bo‘lishi lozim;
  • Taqdim qilingan tijorat takilifi Oracle Re-racking Service, Oracle Installation Service va foydalanishga topshirishlarni o‘z ichiga olishi lozim;
  • Ishlab chiqaruvchining rasmiy texnik qo‘llab-quvvatlashi va kafolat muddati kamida 36 oy bo‘lishi lozim;
  • Yetkazib berish muddati 90 kalendar kunidan oshmasligi lozim.

Taklifda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

  • Har bir pozitsiyaning Part Number/SKU raqami, nomi va miqdori ko‘rsatilgan to‘liq BOM;
  • Texnik qo‘llab-quvvatlash modeli, murojaatlarni yuborish tartibi va O‘zbekiston Respublikasida javob berish muddatlari.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi to‘ldirilgan hujjatlarni taqdim etish lozim:

  1. Tanlov taklifi (2-ilova) va Tanlov taklifiga 1-ilova (Excel);
  2. Ishtirokchi anketasi (1-ilova);
  3. O‘xshash yetkazib berishlarni bajarish tajribasi to‘g‘risida ma’lumotnoma (4-ilova);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha materiallar.

Sanab o‘tilgan hujjatlarning shablonlari tanlov materiallarida keltirilgan.

Tanlov materiallari:

  1. 1-ilova — Ishtirokchi anketasi shakli;
  2. 2-ilova — Exadata tanlov taklifi shakli;
  3. Exadata Tanlov taklifi shakliga tanlov taklifiga 1-ilova;
  4. 3-ilova — Oracle Exadata texnik topshirig‘i;
  5. 4-ilova — Tajriba to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakli;
  6. 5-ilova — SLA bo‘yicha xizmatlar tavsifi.

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Tanlov takliflari konkurs@hamkorbank.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi;
  • Xat mavzusida «Exadata» deb ko‘rsatilishi lozim;
  • Taklif valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari;
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 04.12.2026 gacha.

Aloqa ma’lumotlari:

konkurs@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256
Dilshod Ahmedov — ichki raqam 0574.
Mavlonbek Artikov — ichki raqam 0308.

Barcha qo‘shimcha talablar tanlovga ilova qilingan tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligiga rioya qilish va tanlov reglamentiga amal qilish majburiyatini oladilar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 23.11.2026