«Hamkorbank» ATB RegTech (DATA) loyihasi uchun server uskunalarini xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
10.08.2026
2 daqiqa
Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:
- Yechim quyidagi ishlab chiqaruvchilardan birining uskunalari asosida qurilgan bo‘lishi lozim: Dell, HPE, Lenovo, Fujitsu, PureStorage, NetApp;
- Serverlar Sangfor va VMware virtualizatsiya texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashi lozim;
- Yechim virtualizatsiya klasteri darajasida nosozliklarga bardoshlilikni (fault tolerance) ta’minlashi kerak;
- Yechim virtualizatsiya klasterining bitta tuguni (node) ishdan chiqqan taqdirda ham unumdorlik pasaymasdan uzluksiz ishlashni ta’minlashi lozim;
- Yechim apparat (hardware) darajasida nosozliklarga bardoshli bo‘lishi, asosiy komponentlari esa hot-swap (tizimni o‘chirmasdan almashtirish) funksiyasini qo‘llab-quvvatlashi kerak;
- Yechim o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha butlovchi qismlar hamda aksessuarlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Ishtirokchi anketa (ilova 1);
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli;
- Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli;
- Tanlov taklifi shakliga ilova 1;
- Ilova 3 -Texnik topshiriq;
- Ilova 4 —Tajriba ma’lumotnomasining shakli;
- Ilova 5 —SLA bo‘yicha xizmatlar tavsifi;
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
- Pochta mavzusida «RegTech (DATA)» deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 20.08.2026 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar: Axmedov Dilshod
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 0574
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.