Matbuot markazi
/
Tenderlar va tanlovlar
/
«Hamkorbank» ATB server uskunalari va Nutanix litsenziyalarini xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB server uskunalari va Nutanix litsenziyalarini xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

21.07.2026
4 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB «Server uskunalari va Nutanix litsenziyalari, dasturiy ta’minoti va joriy etish xizmatlarini xarid qilish» bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

Yechim Nutanix giperkonvergent infratuzilma dasturiy ta’minot platformasida yaratilishi kerak.

  • Uskuna platformasi Nutanix Hardware Compatibility List (HCL) bilan to‘liq mos keladigan uskunalar asosida qurilgan bo‘lishi kerak. Dell, HPE, Lenovo, Nutanix ishlab chiqaruvchilarining uskunalaridan foydalanishga ruxsat etiladi;
  • Yechim Nutanix vositalari orqali serverlar o‘rtasida hisoblash va disk yuklamasini avtomatik taqsimlashni ta’minlashi kerak;
  • Yechim giperkonvergent infratuzilma klasteri darajasida (jumladan, tugun ishdan chiqqanda ham) virtual mashinalar ishini to‘xtatmagan holda yuqori nosozlikka chidamlilikni ta’minlashi kerak;
  • Yechim DR (Disaster Recovery) ssenariysini tashkil etish imkoniyatini ta’minlashi, shuningdek, asosiy va zaxira ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari (MQM) o‘rtasida virtual mashinalar va ma’lumotlarni replikatsiya qilish Nutanix platformasi vositalari (Snapshots, Async DR, NearSync va boshqalar) orqali amalga oshirilishi kerak;
  • Yetkazib beriladigan barcha uskunalar yangi, ilgari foydalanilmagan bo‘lishi shart;.
  • Serverlar kamida 3 yil muddatga rasmiy kafolat va qo’llab-quvvatlash bilan yetkazib berilishi kerak;
  • Barcha litsenziyalar va uskunalar rasman sertifikatlangan bo’lishi kerak;
  • 2-lot yetkazib beruvchisi Buyurtmachining 3 nafar xodimi uchun Nutanix platformasidan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘z hisobidan tashkil etishi shart;
  • Tijorat taklifini taqdim etishdan oldin yetkazib beruvchi 5-ilova — «Texnik qo‘llab-quvvatlash darajasi to‘g‘risidagi kelishuv (SLA)” bilan tanishib chiqishi hamda hujjatlar to‘plami bilan birga imzolangan SLAni taqdim etishi shart.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1 (Excel);
  2. Ishtirokchi anketasi (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketasi shakli;
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli;
  3. Tanlov taklifiga Ilova 1(Excel);
  4. Ilova 3 — Texnik topshiriq 14 ta server yetkazib berish uchun;
  5. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli;
  6. Ilova 5 — SLA bo’yicha kelishuv.

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «Tarmoq uskunalari» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 31.07.2026 yilgacha.


Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar:
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256
Axmedov Dilshod, ichki: 0574
Artikov Mavlonbek, ichki: 0308

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 21.07.2026