«Hamkorbank» ATB «Sirli mijoz» tekshiruvlarini o‘tkazish uchun marketing agentliklari o‘rtasida tanlov e’lon qiladi
11.10.2024
2 daqiqa
Marketing agentliklari uchun talablar:
- Bank sohasida «Sirli mijoz» tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha 3 yillik tajribaga ega bo‘lish;
- O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida tekshiruvlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lish;
- Tekshiruv audio (video) yozuvlarini sifatli yozib olingan bo‘lish;
- Tekshiruv anketalarini to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirish;
- Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash;
- Barcha ma’lumotlarni mahfiy saqlanishini ta’minlash;
- O‘rganish obyektlari — 50 ta tarmoqning korporativ xizmatlar va chakana biznes bo‘limlari hamda 112 ta bank xizmatlari ofislari.
Zaruriy hujjatlar:
- Marketing agentliklari faoliyati haqidagi guvohnomasi.
Tanlov shartlari:
- Takliflar elektron pochta orqali quyidagi manzilda qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
- Ma‘lumot tijorat taklif mazmunida bo‘lib, har bir xizmat ko’rsatish ob’yektini sifat darajasini o’rganish bo’yicha narx, marketing agentligining mazkur sohasidagi tajribasi vaa tekshirishda foydalaniladigan usullar haqida yozilishi kerak;
- Yuborilgan ma‘lumot mavzusi «Sirli mijoz» deb ko‘rsatilishi kerak.
Takliflarni jo‘natishning oxirgi muddati: 2024 yil 24 oktyabr.
To‘lov valyutasi: Milliy valyuta so‘m
Muloqot qiluvchi shaxslar:
- Tanlov bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboev, m.ataboev@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1221, 1147
Murodjon Kadiraliyev, k.murodjon@hamkorbank.uz