Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
«Hamkorbank» ATB dastur yaratuvchilari o‘rtasida “Tashqi tanlov jarayonini avtomatlashtirish” dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB dastur yaratuvchilari o‘rtasida «Tashqi tanlov jarayonini avtomatlashtirish» dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

06.12.2023
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Dastur yaratuvchi kompaniyalar uchun talablar:

  • Kompaniyaning ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borishda litsenziyasi mavjudligi;
  • O‘zbekiston Respublikasida dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha tajribasi borligi;
  • Kamida 3 ta muvaffaqqiyatli loyihalarni amalga oshirganligi haqida ma’lumot;
  • Kompaniya va uning ta’sischilari obro‘- e’tibori to‘g‘risida ma’lumot;
  • Kompaniya ta’sischilari va loyiha ishtirokchilarini sanksiyalar ro‘yxatida mavjud emasligi, terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatida mavjud emasligi haqida ma’lumot;
  • Kompaniyaning soliq va boshqa organlardan qarzdorligi mavjud emasligi haqida ma’lumot;
  • Loyihani amalga oshirishda kompaniyaning texnik imkoniyatlarining mavjudligi, yetarli mutaxassislar borligi haqida ma’lumot;
  • Dasturdan foydalanish yuzasidan DXXning «Kiberxavfsizlik markazi» talablariga mosligi to‘g‘risida ma’lumot olinishi talab qilingan taqdirda, bu boradagi talabning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi.

Zarur hujjatlar:

  • Xizmat ko‘rsatuvchining tadbirkorlik faoliyati haqidagi guvohnomasi;

Tanlov shartlari:

  • Tijoriy takliflar imzolangan, muhrlangan konvertda 2 nusxada qabul qilinadi;
  • Konvert ustiga «Tashqi tanlov jarayonini avtomatlashtirish dasturi» deb ko‘rsatilishi kerak;
  • Ma’lumot tijorat taklif mazmunida bo‘lib, taklif qilinayotgan dasturiy ta’minot haqida qisqa izoh berilishi so‘raladi;
  • Yuborilgan ma’lumot mavzusi «Tashqi tanlov jarayonini avtomatlashtirish» deb ko‘rsatilishi kerak.

Takliflarni jo‘natishning muddati: 2023-yil 20-dekabr.

Dasturga talablar: ilova qilinadi.

To‘lov valyutasi: SO‘M, AQSH dollari, YEVRO.

Muloqot qiluvchi shaxs:

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki raqam: Avazbek Azizov — 1049

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026