«Hamkorbank» ATB yetkazib beruvchilar o’rtasida 50 dona UPS sotib olish uchun tanlov e’lon qiladi
01.07.2025
2 daqiqa
Yetkazib beruvchilar uchun talablar:
- Ishlab chiqaruvchilarning uskunalarini yetkazib berish va xizmat ko’rsatish bo’yicha avtorizatsiya huquqi mavjudligi;
- UPS larga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazi va ish tajribasi mavjudligi;
- UPS lar uchun ehtiyot va butlovchi qismlar ombori mavjudligi;
- Toshkent shahri bo‘ylab yetkazib berish imkoniyati.
Zaruriy hujjatlar:
- Mahsulot sertifikati;
- Yetkazib beruvchining tadbirkorlik faoliyati haqidagi guvohnomasi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:
- Ishtirokchi anketasi (1-ilova);
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba haqida ma’lumotnoma (4-ilova);
- Ishtirokchining ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha materiallar.
Tanlov materiallarida sanab o‘tilgan hujjatlarning shablonlari keltirilgan.
Tanlov shartlari:
- Takliflar elektron pochta orqali quyidagi manzilda qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
- Yuborilgan ma’lumot mavzusi «UPS» deb ko‘rsatilishi kerak.
Takliflarni jo‘natishning oxirgi muddati: 2025-yil 14-iyul.
Miqdori: 50 dona
To‘lov valyutasi: Milliy valyuta so‘m, AQSH dollari va yevro
Muloqot qiluvchi shaxslar:
- Tanlov bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboev, m.ataboev@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200 ichki:1257, 1221