Virtualizatsiya platformasini yetkazib berish, dasturiy ta’minotni joriy qilish uchun ochiq tanlov | Tender va tanlovlar | Hamkorbank

“Hamkorbank” ATB uchun Virtualizatsiya platformasini yetkazib berish, dasturiy ta’minotni joriy qilish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi

14 / 04 / 2026

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda, tanlov predmeti bo’lgan uskunalarni yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish xuquqiga ega bo’lishi lozim. Shu jumladan, ishtirokchilarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. Ishtirokchilarga qo’yiladigan talablar Ilova 3 – Texnik topshiriqda bayon etilgan.

Tanlovda ishtirok etishi uchun jamoaviy arizalar ko’rib chiqilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1)
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4)
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Tanlov hujjatlari
  2. Ilova 1 – Ishtirokchi anketa shakli
  3. Ilova 2 – Tanlov taklifi shakli
  4. Tanlov taklifi shakliga Ilova 1
  5. Ilova 3 –Texnik topshiriq
  6. Ilova 4 – Tajriba ma’lumotnomasining shakli
  7. Ilova 5 – SLA

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida: «Virtualizatsiya» deb ko‘rsatish zarur. 
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari. 
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 22.04.2026 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: Ahmedov Dilshod,

Telefon: 0-800-1-200-200, 1256 ichki: 0574

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlash va tanlov qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play