Bank haqida
/
Bank tarixi

Bank tarixi

1991 yil

  • «Andijonbank» aksionerlik tijorat bankiga asos solindi

1992 yil

  • «Тoshkent» Respublika birjasiga a’zo bo‘ldi
  • Rossiya banklari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi

1993 yil

  • O‘zbekiston Respublika valyuta birjasiga a’zo bo‘ldi
  • O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi

1994 yil

  • Filiallar tarmog’ining shakllanishi boshlandi

2000 yil

  • Nomi «Hamkorbank» AТB ga o‘zgartirildi
  • Хalqaro audit o‘tkazildi

2001 yil

  • Хalqaro Moliya Korporatsiya (ХMK) hukumatning kafolatisiz birinchi kreditni taqdim etdi

2002 yil

  • Jahon banki qishloq xo‘jaligi korxonalari tuzilmasini qayta tashkil etish birinchi kredit liniyasini taqdim etdi
  • YeTBB mikromoliyalashtirish uchun birinchi kredit liniyasini taqdim etdi

2005 yil

  • SWIFT xalqaro to‘lov tizimining ishtirokchisiga aylandi
  • VISA to‘lov tizimining uyushmaviy a’zosi bo‘ldi

2007 yil

  • Хalqaro reytingiga ega bo‘ldi

2008 yil

  • O‘zbekistondagi savdo moliyalashtirishi bo‘yicha EBRD dasturiga muvofiq eng faol bank deb topildi

2009 yil

  • «Korporativ etika Kodeksi» qabul qilindi
  • Uzoq muddatli korporativ obligatsiyalar ilk bor chiqarildi
  • O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasiga a’zo bo‘ldi

2010 yil

  • «Hamkorbank» ning aksioneri bo‘lgan xalqaro Moliya Korporatsiyasi Osiyo Тaraqqiyot Banki, Xususiy sektorni rivojlantirishning Islom korporatsiyasi, R-Style Softlab Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlik qila boshladi

2011 yil

  • Хalqaro Тaraqqiyot Assotsiatsiyasi bilan bitim tuzildi. Germaniya taraqqiyot banki (KfW) bilan hamkorlik boshlandi

2012 yil

  • «Triple Jump» investitsion kompaniyasi bilan mikromoliyalashtirishni rivojlantirish yo‘lidagi birinchi bitim tuzildi
  • VISA International va China Union Pay to‘lov tizimlarining plastik kartochkalariga xizmat ko‘rsatish va ularni chiqarish bo‘yicha xususiy protsessingni tashkil etish loyihasiga asos solindi
  • Bank O‘zbekistonda «Тezkor pochta pul o‘tkazmalari» tizimining yetakchisi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

2013 yil

  • Xalqaro rivojlanish assosiatsiyasi (WorldBank) bankga qo‘shimcha kredit liniya ajratdi
  • «GlobalFinance» jurnali Hamkorbankni 2013 yilning Osiyo regionidagi rivojlanayotgan bozorning eng yaxshi banki deb nomladi
  • Bank «CaspianMoneyTransfer» tizimining pul o‘tkazmalarini joriy qildi
  • «AsianBanking & Finance» jurnali Hamkorbankni 2013 yildagi O‘zbekiston kichik va o‘rta biznesi uchun eng yaxshi banki deb nomladi
  • Bank Toshkent shahrida yangi «Chilonzor» filialini ochdi
  • Bank yangi firma belgisi va logotipni tadbiq etdi va rebrending o‘tkazdi
  • XMK (Xalqaro Moliya Korporatsiyasi) bilan tashqi savdoni moliyalashtirish yo‘nalishi bo‘yicha birinchi kelishuv bitimi tuzildi
  • Bank mijozlarni informatsion qo‘llash tizimi — Call Centre ni joriy qildi

2014 yil

  • Gollandiya taraqqiyot banki (FMO) bankning ikkinchi aksiyadori bo‘ldi
  • Bank chet el kapitali ishtirokidagi bank maqomiga ega bo‘ldi
  • «Moody's Investors Service» reyting agentligi bankning reyting baholarini tasdiqladi
  • Shanhay Hamkorlik tashkiloti ishtirokchilarni Moliya — Bank assotsiatsiyasi a’zosi bo‘ldi
  • «Bank-Expo» ko‘rgazmasida bank «Chet el kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi bank» va «Innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvatlashga intilgan eng yaxshi bank»
  • Toshkent shahrida «Shayxontohur» filiali ochildi
  • Samarqand shahrida «Bog‘ishamol» filiali ochildi

2015 yil

  • Bank yoshlar va ayol tadbirkorlarni moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni uyushtira boshladi
  • BankExpo ko‘rgazmasida «Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo’yicha eng zamonaviy bank» va «Chet el kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi bank» nominatsiyalari g‘olibi bo‘ldi
  • Moody’s reyting agentligi tomonidan bank reytinglari tasdiqlandi — barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Barqaror»
  • Bank birinchi marotaba xalqaro pul haftaligi «Global Money Week -2015"da ishtirok etdi
  • Bank Markaziy va Sharqiy Yevropa Banklar Assotsiatsiyasining (BACEE) muntazam a’zosiga aylandi
  • Bank Osiyo Taraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi etakchi hamkor-banki deb tan olindi
  • Yangi qurilgan uylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini joriy etdi
  • «IBA-EXPRESS» xalqaro pul o‘tkazmalari tizimini joriy etdi
  • Hujjatli amaliyotlar va xalqaro savdo bo‘yicha yuqori saviyali hamkorlik uchun Commerzbank AG tomonidan mukofot bilan taqdirlandi

2016 yil

  • Hamkorbank tashkil topganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan o‘z Yubileyini nishonladi
  • Bankning 25 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «Hamkorbank — 25 yil moliya bozorida» deb nomlangan kitobni nashrdan chiqardi
  • Hamkorbank iFin-2016 «Elektron moliyaviy xizmatlar va texnologiyalar» xalqaro forumida ishtirok etdi;
  • Hamkor Mobile to‘lov tizimida «Byudjetga to‘lovlar» va «Kontraktsiz kartadan kartaga pul o‘tkazish» xizmatlari joriy etildi
  • «BANKEXPO 2016» ko‘rgazmasi natijalariga ko‘ra, Hamkorbank «Viloyatlarda „Sog‘lom ona va bola“ davlat dasturini faol amalga oshirgan bank» nominatsiyasi g‘olibi deb tan olindi
  • Moody’s xalqaro reyting agentligi «Hamkorbank» ATB ning reytinglarini tasdiqladi. Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha barqaror prognozlarga ega bo‘ldi
  • «TFPAward 2016» taqdirlash natijalariga ko‘ra Hamkorbank Osiyo Taraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi etakchi bank-hamkori deb tan olindi
  • «Hamkorbank» ATB Boshqaruv Raisining virtual qabulxonasi ishga tushdi
  • Inxa Universiteti va Hamkorbank o‘rtasida O’zbekistonda internet-banking dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuv imzolandi

2017 yil

  • INHA universiteti (IUT) va «Hamkorbank» ATB o‘zaro kelishuv to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar
  • «Hamkorbank» ATB har yili o‘tkaziladigan «Bankexpo 2017 — bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari milliy ko‘rgazmasi» da ishtirok etdi
  • «Hamkorbank» ATB va XSRIK (ICD) o‘rtasida moliyalashtirishga oid kelishuv imzolandi
  • «Hamkorbank» ATB Angren shahrida filial ochdi
  • «Hamkorbank» ATB «Sberbank Rossii» AJ bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi
  • «Hamkorbank» ATB Urgench shahrida biznes markazini ochdi
  • «Hamkorbank» ATB Kookmin Bankda (Janubiy Koreya) korrespondent hisob-raqam ochdi
  • «Hamkorbank» ATB konversion kartalar orqali interent to‘lovlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydi
  • «Hamkorbank» ATB va YETTB o‘rtasida biznesni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi

2018 yil

  • «Hamkorbank» ATB O‘zbekistonda birinchi bo‘lib onlayn omonatlarni rasmiylashtirishni va onlayn konversiya xizmatidan foydalanishni taklif etdi
  • Jismoniy shaxslar kartalarini masofadan turib rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi
  • «Hamkorbank» ATB O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Hamkor Mobile ilovasi orqali Visa Virtual kartasini raymiylashtirishni taklif etdi
  • Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha Islom korporatsiyasi va Hamkorbank o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi
  • «Hamkorbank» ATB London fond birjasida «Samarqand bonds» obligatsiyalarini joylashtirdi
  • «Hamkorbank» ATB va Ayil bank o‘rtasida «Bereke» pul o’tkazmalari bo‘yicha kelishuv imzolandi
  • «ResponsAbility» — Bankning yangi aksiyadori
  • «Hamkorbank» ATB ISO 9001: 2015 sifat menejmenti standartiga muvofiqligi bo‘yicha auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi
  • «Hamkorbank» ATB filiallarini soni 42 taga etdi, 9 ta yangi filial faoliyatini boshladi

2019 yil

  • Biznes kreditlar uchun onlayn ariza ishga tushirildi
  • Moody’s xalqaro reyting agentligi Hamkorbank reytingini oshirdi
  • «Hamkorbank» HUMO tizimi kartalarini emissiya qilishni boshladi
  • «Hamkorbank» 3D Secure Visa xalqaro kartalarini himoya qilish xizmatini joriy etdi
  • «Hamkorbank» UZCARD UnionPay kobeydj tizimi kartalarini emissiya qilishni boshladi
  • Yuridik shaxslar uchun Internet-banking tizimida chet el valyutasini sotib olish va sotish funktsiyasi qo‘shildi
  • «Hamkorbank» yangi «Garant» xizmatini joriy etdi
  • «Hamkorbank» Visa payWave kobeydj tizimi kartalarini emissiya qilishni boshladi
  • Hamkor Mobile ilovasiga «Zolotaya korona» pul o‘tkazmalarini Hamkorbank xalqaro kartalariga kirim qilish funktsiyasi qo‘shildi
  • Hamkorbank tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha eng yaxshi bank deb e’tirof etildi
  • «Hamkorbank» O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Hamkor Mobile ilovasida Humo virtual kartasini rasmiylashtirishni taklif etdi
  • Hamkorbank filiallari umumiy soni 43 taga yetdi, Qashqadaryo mintaqaviy filiali ish boshladi
  • Hamkorbank amaliyot o‘tash uchun eng yaxshi kompaniya deb tan olindi
  • «S&P Global Ratings» reyting agentligi Hamkorbank reytinglarini yangiladi. Reytinglar bo‘yicha prognoz — «ijobiy».
  • Hamkor Mobile ilovasiga Yandex. Dengi elektron hamyonini barcha bank so‘m kartalaridan to‘ldirish funktsiyasi qo‘shildi
  • Hamkorbank yangi xizmat turini, O‘zbekiston bo‘ylab pul o‘tkazmalarini joriy etdi
  • «Hamkorbank» Visa Gold kobeydj tizimi kartalarini emissiya qilishni boshladi

2020 yil

  • Filiallar tarmog’i joriy yilda 3 taga yangi filiallar hisobiga kengaydi — Kattaqo‘rg‘on, Shahrisabz, Nurafshon.
  • SWIFT GPI — yangi joriy qilingan xizmat turi
  • «Золотая Корона» tizimi orqali kelib tushgan pul mablag‘larini Hamkor Mobile ilovasi orqali istalgan bankning UZCARD yoki Humo kartasiga milliy valyutada kirim qilish imkoniyati joriy etildi.
  • Hamkor Mobile ilovasida tadbirkorlar va tashkilotlar hisob raqamlariga «bir marotabalik» to‘lovlar funksiyasi yordamida pul o‘tkazish imkoniyati yaratildi.
  • FMO (Niderlandiya taraqqiyot banki) kichik biznesni moliyalashtirish maqsadida Hamkorbankga 40 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyani taqdim etdi.
  • «Hamkorbank» xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z faoliyatini boshladi.
  • «Hamkorbank» ATB Bank of New York Mellon (AQSh) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatdi
  • «Сбербанк Онлайн» ilovasi orqali barcha Hamkorbank kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘kazmalarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
  • Hamkorbank va «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ o‘rtasida ipoteka kreditini ajratish bo‘yicha Bosh kelishuv imzolandi.

2021 yil

  • Filiallar tarmog‘i yana bittaga kengaydi: 47 — Mirobod filiali o‘z faoliyatini boshladi
  • Hamkorbank‘ning kredit portfeli 8 trillion so‘mdan ortdi
  • Hamkorbank «Asiamoney» jurnali tomonidan «O‘zbekistondagi eng yaxshi raqamli bank» sifatida e’tirof etildi
  • «Yil brendi» tanlovining natijalariga ko‘ra, Hamkorbank «O‘zbekistonning eng yaxshi banki» nominatsiyasining g‘olibi bo‘ldi
  • Hamkorbank Osiyo Taraqqiyot banki bilan 20 million AQSH dollari miqdoridagi kelishuvni imzoladi
  • Hamkorbank va Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) 100 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasini ajratish to‘g‘risida bitim imzoladi
  • Hamkorbank aktivlari 12 trln so‘mdan ortdi
  • «S&P Global Reytings» agentligi Hamkorbank‘ning reytinglarini oshirdi: o‘zgarishlar B+/B darajasida ijobiy".
  • Moody‘s xalqaro reyting agentligi Hamkorbankning yangilangan reytinglarini tasdiqladi. O‘zgarishlar prognozi — «ijobiy»
  • Bank o‘zining 30 yillik yubileyini nishonladi

2022 yil

  • S&P Global Ratings Hamkorbankning «Ijobiy» reytingini tasdiqladi
  • Hamkorbank va Raiffeisen Bank Xitoy yuanida hamkorlik shartnomasini imzoladi
  • Hamkorbank yangi biznes xizmati — MARTA mobil terminalini ishga tushirdi
  • Hamkorbank Kia, Renault va BYD avtomobillari uchun aksiyali kreditlar liniyasini ishga tushirdi
  • Hamkorbank o‘z kartalari qatorini Visa-HUMO kobeydj kartasi bilan kengaytirdi
  • XMK mikrofirma va kichik korxonalarni, shuningdek, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Hamkorbank"ga 15 million AQSh dollari ajratdi
  • Hamkorbank aloqa markazi yuqori baholandi! Hamkorbank «A'lo» (uz) AAA reytingiga sazovor bo‘ldi
  • Ikkita yangi bank xizmatlari shoxobchalari — Mirobod va Sergeli ochildi
  • 2022-yil 30-sentabrda «Moody's» xalqaro reyting agentligi «Hamkorbank» ATB faoliyatini «Ijobiy» deb baholadi
  • «Hamkorbank» aktivlari 17 trln so’mdan dan oshdi
  • 2022 yil yakunlariga ko‘ra Visa xalqaro to‘lov tizimi Hamkorbankni Ishonchli hamkor sifatida tan oldi
  • Hamkorbank Forbes reytingiga ko‘ra O‘zbekistonning eng ishonchli banklari 10 taligiga kirdi
  • Toshkent shahar Olmazor tumanida «Hamkorbank"ning bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘limi ochildi

2023 yil

  • Hamkorbank «Yashil iqtisodiyot» loyihalarini moliyalashtirishda davom etadi
  • Hamkorbank tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 15 million AQSh dollari miqdordagi islomiy moliyashtirish yonalishi bo‘yicha kelishuvga erishdi
  • «Hamkorbank» Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan shartnoma imzoladi
  • Payariq tumani «Chelak» bank xizmatlari ofisi xizmatingizda
  • Hamkorbank — VISA kompaniyasining ishonchli hamkori
  • «Hamkorbank» ATB Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) bilan 35 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit shartnomasini imzoladi
  • Hamkorbank «The Talentist» tomonidan mamlakatimizning 3 ta eng salohiyati baland ish beruvchi brendlarining biri deb tan olindi
  • «Hamkorbank» ATB Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bilan umumiy miqdori 20 mln AQSH dollari bo‘lgan kredit shartnomalarini imzoladi
  • Hamkorbank «VISA International» tomonidan kelgusi yil uchun muhim strategik hamkor sifatida e’tirof etildi

2024 yil

  • «Hamkorbank» ATB hamda Xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom Korporatsiyasi (ICD) o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • «Hamkorbank» ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) o‘rtasida 30 mln AQSH dollari miqdoridagi islomiy moliyalashtirish liniyasi shartnomasi imzolandi
  • «Hamkorbank» ATB startap loyihasi PLUS Galaxy Award xalqaro tanlovida taqdirlandi
  • «Hamkorbank» ATB va IFAD o‘rtasida kelishuv imzolandi
  • «HBCapital» Istanbuldagi XX Yevroosiyo obligatsiyalar Kongressida O‘zbekistonning eng yaxshi investitsiya kompaniyasi deb tan olindi
  • Hamkorbankning yangilangan Shahrixon ofisi sizning xizmatingizda
  • 2024-yil 3-oktabr kuni Xalqaro «FinTech & Banking 2024» forumida Hamkorbank va O‘zbekiston FinTex Assotsiatsiyasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
  • UZCARD vа Hamkorbank o‘rtasida UZCARD FORUM 2024 forumi doirasida memorandum imzolandi
  • UnionPay va Hamkorbank O‘zbekistonda kartalar emissiyasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi
  • Hamkorbankning yangi filiali G’ijduvonda ishga tushdi

2025 yil

  • «Hamkorbank» Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YETTB) tomonidan ikkita nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi
  • Hamkorbank va VAN UNIVERSAL MOTORS (VUM) o‘zaro hamkorlikni yo’lga qo’ydi
  • Hamkorbank endi yanada yaqinroq — yangi mikroofislar ochildi
  • «Hamkorbank» ATB va International Finance Corporation (IFC) o‘rtasida yangi bitim tuzildi
  • Eksport, moliyaviy barqarorlik va yangi mijozlar: «Hamkorbank» hamkorlik memorandumini imzoladi
  • HBCapital — «O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori» VII Xalqaro konferensiyasining homiysi
  • Hamkorbank Islomiy moliya bo‘yicha 20-Xalqaro Shariat olimlari forumi (ISSF2025)da ishtirok etdi
  • Saudiya Arabistonida «Hamkorbank» va Islom Taraqqiyot Banki guruhi a’zosi ITFC o‘rtasida savdo moliyalashtirish liniyasi imzolandi
  • «Hamkorbank» ATB va Respublika Qon quyish markazi o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi
Oxirgi yangilanish sanasi: 11.12.2025