mc.yandex.ruyandex

Korporativ boshqaruv

Samarali korporativ boshqarish bankning muvaffaqiyatli faoliyatining muhim sharti hisoblanadi. Barqaror rivojlanishni aniqlovchi, aksiyadorlar, mijozlar va boshqa aloqador shaxslarning huquqlari va haqlarini himoya qiluvchi, moliyaviy tashkilotning faoliyatini oshirish sohasidagi eng muhim yo'nalishi bo'lib xizmat qiladi.


Bank faoliyati turli risklar bilan bog'liqdir. Shu bois korporativ boshqarishga va ichki nazoratga mukammal yondashuv zaruriyati mavjud. Ichki nazoratning aniq tizimini o'rnatish uchun bank risklar tavsifining to'liq va doimiy baholashini o'tkazadi.


Bankda boshqarishning yuqori organi - aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, bank Kengashi va mustaqil a'zolari, bank Boshqaruvi, hamda Taftish Komissiyasi, Boshqaruv qoshidagi 5ta Qo'mita va Kengash qoshidagi Kengash a'zolari kiruvchi 5ta Qo'mitani o'z ichiga olgan korporativ boshqarishning mukammal tuzilmasi ishlamoqda.


Bank Kengashi qoshidagi Qo'mitalar:
  • Strategik rejalashtirish, rivojlantirish va korporativ boshqarish Qo'mitasi;
  • Audit Qo'mitasi;
  • Tavakkalchilikni boshqarish Qo'mitasi;
  • Tayinlash va rag'batlantirish Qo'mitasi.


Bank Boshqaruvi qoshidagi Qo'mitalar:
  • Aktivlar, passivlar va moliyaviy risklarni boshqarish Qo'mitasi;
  • Ikki darajali kredit Qo'mitalari;
  • Bank xizmatlari uchun tariflar belgilash qo‘mitasi;
  • "Informatsion texnologiyalar va innovatsion g'oyalar" Qo'mitasi.


Boshqarishning barcha tuzilmalari bank biznesining ajralmas qismi hisoblangan risklarni kamaytirish va oldini olish uchun mo'ljallangan.


Aktivlar, passivlar va moliyaviy risklarni boshqarish tizimi bankning barqarorligini va bank operatsiyalarining rentabelligini quvvatlashning asosiy omili hisoblanadi. Qo'mitaning asosiy vazifalari:
  • Bank Boshqaruvida uning moliyaviy risklarning tahlili va boshqarish tizimlarini mukammallashtirish va mustahkamlashni nazorat qilish sohasidagi tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi funksiyalarini amalga oshirishiga ko'maklashadi
  • Likvidlilikni samarali boshqarish maqsadida bankning optimal likvidligini qo'llash, yuqori daromadlilik, moliyaviy yo'qotishlarni kamaytirish, va bankning turli bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishni hisobga olgan holda bankning moliyaviy rivojlanishining asosiy yo'nalishlarini aniqlash
  • Aktivlar va passivlarning optimal va mos kelgan tuzilmasini tanlash
  • Moliyaviy oqimlarni o'lchovli boshqarish


Bankda faoliyat ko'rsatayotgan ikkita kredit qo'mita kredit risklar darajasini maksimal pasaytirishni ta'minlash uchun xizmat qiladi. Ularning vazifalari:
  • Bankning aktiv amaliyotlari bo'yicha siyosat va protseduralarni ko'rib chiqish, tasdiqlash va mos kelishini ta'minlash
  • Diversifikatsiya va kredit riski darajasini boshqarish maqsadida kredit risklarning limitlarini belgilash
  • Barcha aktiv amaliyotlarni o'tkazish to'g'riligi ustidan nazorat o'rnatish
  • Kredit portfelining tahlili, uning sifati, daromadlilik darajasi, diversifikatsiyasi, mos keluvchi zahiralarni tashkil etish ustidan nazoratni ta'minlash, riskni kamaytirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va qo'llash



    O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

    HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
    o‘tkazmalar bepul

    app-store google-play
    Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

    HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
    buyurtma bering

    app-store google-play
    Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

    Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
    fiskal chek oling

    app-store google-play
    To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

    VISA Classic kartasini ilovada
    bepul rasmiylashtiring

    app-store google-play