Biznesni ochish
Xususiy biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishning ikki usuli mavjud:
Royxatdan o‘tkazishning mazkur turida siz biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat etishingiz lozim, u yerda zarur hujjatlar to‘ldirilganidan so‘ng, sizga invoys beriladi, ushbu invoys raqami bo‘yicha siz ro‘yxatdan o‘tganingiz uchun davlat bojini to‘laysiz
1. DXM’ga tashrif buyurish
Zarur ma’lumotlarni to‘ldirish uchun tumaningiz yoki shahringizdagi Davlat xizmatlari markaziga (DXM) murojaat eting
2. To’lov
Zarur ma’lumotlar to’ldirilganidan so’ng, sizga to’lov amalga oshiriladigan invoys raqami beriladi
3. Guvohnoma
To‘lov mavaffaqiyatli amalga oshirilganidan so‘ng, guvohnomangiz avtomatik tarzda shakllantirilib, siz uni DXM xodimidan olasiz
Shuni hisobga olishingiz kerakki, biznesni onlayn tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘imlar va bojlar miqdori umumiy summaning 50 foizini tashkil etadi
1. ERI kalitini oling
ERI kalitini tuman yoki shaharning har qanday davlat soliq inspeksiyasida oling. my.soliq.uz
2. Saytda ro‘xatdan o‘ting
So‘ngra login va parol olish uchun id.egov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tilganda berilgan login va parolni kiriting
3. Saytga kiring
fo.birdarcha.uz saytiga kriring, id.egov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tilganda berilgan login va parolni kiriting
4. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish
Tizimga kirganinigzdan so‘ng, «Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish» bo‘limiga kiring va barcha harakatlarni bosqichma-bosqich amalga oshiring
Batafsil
- Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ)
- Yakka tartibdagi tadbirkor (YATT)
- Xususiy korxona (XK)
- Dehqon xo‘jaligi (DX)
- va boshqalar
- To‘lov tizimlari orqali
- Bank kassasi orqali
- Bank-mijoz orqali
Yo‘riqnoma
Onlayn tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va nomni egallab qo‘yish bo‘yicha batafsil yo‘riqnomani siz quyidagi havola bo‘yicha olishingiz mumkin:
Foydali havolalar




