Savol-javob
-
Valyuta ayirboshlash shoxobchalariga ayirboshlash mumkin bo‘lgan xorijiy valyuta turlari
Bankimizning valyuta ayirboshlash shoxobchalarida mijozlar AQSH dollari, Rossiya rubli, Qozog‘iston tengesi, Yevro, Shveysariya franki va funt-sterlinglarni milliy valyutaga ayirboshlashi mumkin.
-
Xorijiy valutani harid qilish
Jismoniy shaxs-rezident xorijiy valyutani faqatgina naqdsiz shaklda konversion kartaga xarid qilishi mumkin, ushbu amaliyotni mijoz bank konversiya bo’limlari yoki Hamkor ilovasi orqali amalga oshirishi mumkin. Konversion kartadagi mablag‘larni mijoz bankomat yoki terminal orqali naqdlashtirishi mumkin.
-
Kartani rasmiylashtirish
Xorijiy valyutadagi kartani bank filiallarida yoki bankning rasmiy www.hamkorbank.uz saytida rasmiylashtirish mumkin. Kartani rasmiylashtirishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni va kartani rasmiylashtirish uchun arizani taqdim etish lozim.
-
Visa kartalari uchun internet to‘lovlari funksiyasini ulash
Internet to‘lovlari funksiyasini mijoz arizasi asosida bank filialida yoki Hamkor ilovasi orqali masofadan turib ulashi mumkin. Mazkur funksiyani ilova orqali ulash uchun avval ro‘yxatdan o‘tib, kartani Hamkor ilovasiga bog‘lab qo‘yish lozim. Internet to‘lovlari funksiyasi kartangizga ulangan yoki ulanmaganligini bankning aloqa markazi 0 800 1 200 200 telefon raqami orqali bog‘langan holda bilib olish mumkin.
-
CVV kod
CVV kod — bu kartaning orqa tomonida keltirilgan uch xonali koddir. Odatda ushbu kod kartaning orqa tomonida keltirilgan yettita raqamning oxirgi uchtasidan iborat bo‘ladi.
-
Konversion kartalar
Bular bankning konversion bo‘limlari orqali yoki «Onlayn konversiya” xizmati yordamida Hamkor ilovasi orqali milliy valyutada to‘ldiriladigan xalqaro plastik kartalaridir.
-
Visa Virtual — xalqaro virtual karta
Bu — darhol rasmiylashtiriladigan virtual karta bo‘lib, internet xaridlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Kartani rasmiylashtirish Hamkor ilovasi orqali va «Hamkorbank» ATB tomonidan chiqarilgan milliy valyutadagi plastik kartasi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
-
Oddiy Visa kartasi va Visa payWave o’rtasidagi farq nima?
Kontaktsiz to’lov texnologiyasiga ega bo’lgan Visa payWave egalari oddiy Visa kartalaridan farqi shundaki, terminalar orqali kontaktsiz xaridlar uchun to’lovni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Visa payWave kartalarida o’ziga xos belgi bor, belgi bu kartani kontaktsiz to’lovlarni amalga oshirish uchun mos ekanligini ko’rsatadi.
-
Bank filiallarida Visa Virtual hisobimni to’ldirish mumkinmi?
Visa Virtual kartasini barcha bank filiallarida naqd pul bilan to’ldirish mumkin.
-
Hamkorbankdan Visa kartasiga chet el banki tomonidan chiqarilgan Visa kartasidan pul mablag’larini qanday o’tkazish mumkin?
Siz chet el banki tomonidan chiqarilgan Visa kartasidan pul mablag’larini SWIFT pul o’tkazmasi orqali yoki ushbu operatsiyani amalga oshirishga imkonini beruvchi xorijiy banklarning mobil dasturlaridan foydalangan holda Hamkorbank Visa kartasiga o’tkazishingiz mumkin.
-
Kredit bo‘yicha to‘lovlar jadvalini qanday ko‘rish mumkin?
-
Kredit to‘lovini amalga oshirish uchun kredit ID va parolini qanday aniqlash mumkin?
Hamkorbank kreditlari bo‘yicha ma’lumotlarni bankning (Hamkor yoki Hamkor mobile) mobil ilovalari orqali ko‘rishingiz mumkin. Bunda «Kreditlar» bo‘limiga kirib ma’lumot olinadi.
-
Mikroqarzni qanday rasmiylashtirish mumkin
Mikroqarzni rasmiylashtirish uchun kredit menejeriga murojaat etish, kreditni rasmiylashtirishga ariza yozish va bank tomonidan talab etiladigan barcha zarur hujjatlarni taqdim etish lozim.
-
Mikroqarzni rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlar
Mikroqarzni rasmiylashtirish uchun ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma, STIR, SHJBPH va ta’minot bo‘yicha hujjatlar (garov, uchinchi shaxslarning kafilligi) talab etiladi.
-
Onlayn mikroqarz olish uchun qanday qilib ariza qoldirsa bo‘ladi?
Onlayn mikroqarz olish uchun Hamkor ilovasi orqali ariza qoldirishingiz mumkin.
-
Arizaning ko‘rib chiqish muddati qanchani tashkil qiladi?
Arizangizga 2 daqiqada javob olasiz.
-
Kredit tasdiqlangandan keyin undan qanday foydalanish mumkin?
Kredit bo‘yicha ijobiy javob olinganda mablag‘larni Hamkorbankdan ochilgan Uzcard yoki Humo kartalaringizga o‘tkazib olishingiz mumkin beriladi.
-
Onlayn mikroqarzga nega rad javobi beriladi?
Onlayn mikroqarzning oferta shartlariga asosan rad etilish sabablari ko‘rsatilmasligi mumkin.
-
Bank ofislarini manzillarini qanday aniqlash mumkin?
Bankimiz ofislarining manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytimizda yoki Hamkor ilovasi orqali ko‘rishingiz mumkin.
-
Bankomatda kartam (pulim) qolib ketdi, nima qilishim kerak?
Bankomat joylashgan bank ofisiga murojaat qilishingiz mumkin
-
Kredit kartaga qanday ariza qoldirish mumkin?
Hamkor ilovasi orqali ariza qoldiriladi va tayyor bo‘lganligi bo‘yicha sms xabarnoma kelganidan so‘ng, belgilangan bank ofisi orqali qabul qilib olish mumkin
-
Bank kartasini blokdan qanday yechish mumkin?
Kartalarni blok holatidan chiqarish uchun bank ofislarimizga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
-
Karta yo‘qotilganda nima qilish kerak?
Bank kartasi yo‘qotilganda bankimiz ilovalari orqali mustaqil ravishda kartani blok holatiga o‘tkazishingiz mumkin.
-
Karta SMS-xabarnomasiga ulangan telefon raqamini qanday o‘zgartirish mumkin?
HUMO kartalarining SMS-xabarnomasini ulash yoki boshqa raqamga o‘zgartirish uchun bankimiz ofislariga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingizni so‘raymiz. UZCARD kartalarining SMS-xabarnoma xizmatini ulash yoki boshqa raqamga o‘zgartirish uchun UZCARD bankomatlaridan foydalanishingiz mumkin.
-
Karta tarixini (kirim-chiqimlari bo‘yicha ma’lumotlarini) qanday olsam bo‘ladi?
Karta tarixini (kirim-chiqim ma’lumotlarini) bankning Hamkor ilovasi orqali ko‘rishingiz mumkin yoki bankimiz ofislariga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingiz bilan murojaat qiling.
-
Kartadagi qoldiq mablag‘larni qanday ko‘rish mumkin?
Bank plastik kartalaridagi qoldiq mablag‘larni bankning Hamkor ilovasi orqali ko‘rishingiz mumkin
-
SMS-xabarnoma xizmatini ulash
Milliy valyutadagi plastik kartasi uchun sms-xabarnomani infokiosk orqali ulash mumkin. Agar ilgari sms-xabarnoma ulangan bo‘lib, siz uni boshqa telefon raqamiga bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, siz avval uni eski telefon raqamidan o‘chirib, yangi telefon raqamiga bog‘lashingiz lozim.
-
Kartani rasmiylashtirish
Milliy valyutadagi kartani bank filiallarida rasmiylashtirish mumkin. Kartani rasmiylashtirishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni va kartani rasmiylashtirish uchun arizani taqdim etish lozim.
-
Plastik kartaning PIN-kodini o‘rnatish
Siz yangi plastik karta uchun PIN-kodni do‘kon yoki boshqa savdo nuqtalarida o‘rnatilgan to’lov terminallar orqali o’rnatishingiz mumkin.
-
Omonatni rasmiylashtirish
«Hamkorbank» ATBga omonatni quyidagi ikki usulda: chakana savdo bo‘limi menejeriga murojaat etgan holda bank filiallarida yoki Hamkor ilovasi orqali («Onlayn omonat” xizmati yordamida) «Hamkorbank» ATB tomonidan chiqarilgan milliy valyutadagi plastik kartasi mavjud bo‘lganda rasmiylashtirish mumkin.
-
Omonatni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar
«Hamkorbank» ATB bo‘limlarida omonatni rasmiylashtirishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va omonatni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning eng kam summasi talab etiladi.
-
Ilovaga kirish uchun login va parolim yoddan ko‘tarildi, nima qilishim kerak?
Bu holatda Hamkor ilovasidan qayta ro‘yxatdan o‘tish lozim. Yangi login va parol kiritilishi lozim. Bunda kiritadigan login va parollaringiz eskisi bilan o‘xshash bo‘lmasligi lozim.
Ilovani yuklab olish uchun havolalar:
-
«Hamkorbank» ATB tomonidan chiqarilmagan, boshqa banklar kartalarini mobil ilovasiga bog‘lash mumkinmi?
Hamkor ilovasiga har qanday banklar kartalarini ulash mumkin.
-
Hamkor ilovasi yordamida qanday funksiyalarni bajarish mumkin?
Hamkor ilovasi yordamida 30 turdan ortiq to‘lovlar va amaliyotlar amalga oshirish mumkin. Ularga mablag‘larni kartadan kartaga o‘tkazish, kreditlarni so‘ndirish, soliqlarni to‘lash, byudjet to‘lovlarini to‘lash, onlayn konversiya, omonatlarni rasmiylashtirish, milliy va xorijiy valyuta kartalaridagi xarajatlarni monitoring qilish kiradi.
-
Onlayn konversiya
Hamkor ilovasida jismoniy shaxslar — «Hamkorbank” ATB tomonidan chiqarilgan milliy va xorijiy valyutadagi kartalar saqlovchilari konversion operatsiyalar orqali xorijiy valyutani xarid qilish imkoniyatiga ega.
-
Onlayn omonatlar
Onlayn omonatlarni rasmiylashtirishni faqat Hamkorbank plastik kartalari saqlovchilari amalga oshirishi mumkin. Onlayn omonatlarni rasmiylashtirish mijozning (22 616) mobil hisobvarag‘idan amalga oshiriladi.
-
Onlayn omonat qanday rasmiylashtiriladi?
Hamkor ilovasida onlayn omonat rasmiylashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak: ilovaning asosiy oynasida «onlayn omonat» ikonkasini bosing, so’ng sizga maqbul bo’lgan omonatni tanlang, omonat miqdorini kiriting, omonat shartlari bilan tanishishingizga ishonch hosil qilib «omonat ochish” tugmachasini bosing. «Onlayn omonat”larni o’zingizga qulay bo’lgan plastik karta yordamida rasmiylashtirishingiz mumkin.
-
Agar foydalanuvchi Hamkor parolini yoki loginni unutgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Xavfsizlik nuqtai nazaridan Hamkor Mobile ilovasi uchun login va parolni tiklab bo‘lmaydi. Ma’lumotni tiklash uchun qayta ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
-
Hamkor ilovasi orqali Visa kartalariga qanday xizmatlarni ulashim mumkin?
Hamkor ilovasida Hamkorbank Visa kartalariga internet orqali to‘lovlarni amalga oshirish xizmatini, shuningdek 3D Secure xavfsiz to‘lovlar xizmatini ulashingiz mumkin.
-
Hamkor ilovasida plastik karta qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?
Hamkor ilovasida karta rasmiylashtirilgandan keyin, aktivlashtirib, SMS-habarnoma xizmatini ulagandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Kartani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun siz avval Hamkor Mobile ilovasini yuklab olishingiz va uni telefoningizga o‘rnatishingiz keran bo‘ladi, so‘ngra dasturni ishga tushirib ro‘yxatdan o’tish uchun kerakli ma’lumotlarni kiritishingiz va ishonchli login va parolni yaratishingiz kerak. Ro‘yhatdan o‘tish bo‘yicha batafsil ma’lumotni havoladan o‘tib ko‘rishingiz mumkin.
-
«Sizga Sberbank orqali pul mablag‘lari jo‘natilmoqda. Mablag‘ni qabul qilish uchun Hamkorbank kartasini rasmiylashtiring» — mazmunida SMS kelmoqda. Nima qilish kerak?
Agar Sizda Hamkorbank kartasi bo‘lsa, Sizga Rossiyadan pul o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Agar sizda bankimiz kartalari bo‘lmasa, Hamkorbank HUMO kartasini Hamkor ilovasi orqali bepul rasmiylashtirishni tavsiya qilamiz. Shuningdek, kartani bepul yetkazib berish xizmati ham mavjud.
-
Bank xizmatlaridan qaysi kunlarda foydalanish mumkin?
Bayram kunlaridan tashqari haftaning dushanbadan juma kunigacha foydalanishingiz mumkin. Shanba kunlari barcha valyuta ayirboshlash shaxobchalari va xalqaro pul o’tkazmalaridan tegishli vaqt ichida foydalanish mumkin. Yakshanba kunlari faqat navbatchi valyuta ayirboshlash shaxobchalari faoliyat ko’rsatishadi.
-
24/7 elektron ofislarida qanday xizmatlar mavjud?
24/7 elektron ofislarida uyali aloqa operatorlari, Internet-provayderlar, bolalar bog’chasi va oliygohlarga to’lov, budjet to’lovlari, biometrik va xorijga chiqish pasportlari uchun boji tolo’vi, jarima va soliq to’lovlari, YHXB jarima to’lovlari va boshqa to’lovlarni amalga oshirish mumkin. Undan tashqari har bir 24/7 elektron ofisi bankomat, internet banking kiosk va infokioskalar bilan ta’minlangan.
-
Kartamdan mening ruxsatimsiz pul yechib olinmoqda
Kartangizni zudlik bilan ilova orqali blokga oling yoki 1256 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling
-
Ilova orqali kartadan kartaga bank xizmati qancha?
5 mln so’mgacha ilovada kartadan-kartaga foizsiz pul o’tkazmalarini amalga oshirish mumkin