Gender siyosati
Gender siyosati/strategiyasining asosiy maqsadi — bank tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan ayollar va erkaklarning teng foydalanishiga imkon yaratish hamda bankning Boshqaruv tarkibida ayollar va erkaklarning muvozanatlashgan ishtiroki va atnashuviga erishish hisoblanadi.
Gender strategiyasining asosiy maqsadi bank tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan ayollar va erkaklarning teng foydalanishiga imkon yaratish hamda bankning Boshqaruv tarkibida ayollar va erkaklarning muvozanatlashgan ishtiroki va qatnashuviga erishish hisoblanadi.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi;
- Inson huquqlari bo‘yicha Umumjahon Konferentsiyasi Vena -1993 yil;
- Ayollarning umumjahon forumida qabul qilingan «Pekin harakatlar Platformasi”- 1995 yil;
- «Ayollarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish to‘g‘risida”gi BMT Konventsiyasi — 1996 yil;
- «Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07−03−2019 yilgi PQ-4235-sonli qarori;
- O‘zbekiston Respublikasining 02−09−2019 yildagi «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-sonli Qonuni.
- Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori tomonidan bank bo‘yicha zaruriy gender tarkibiy ma’lumotlarni muntazam ravishda to‘playdi, qayta ishlaydi va tahlil qilib boradi;
- Mavjud normativ hujjatlar va bankning ichki tartiblarini gender ekspertizasidan o‘tkazish talab qilinganda gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori chetdan mutaxassis jalb etish yuzasidan Bank Boshqaruviga takliflar kiritadi;
- Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori ayollar uchun yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqish va tadbiq etishda har bir bank xodimi tashabbusini qo‘llab quvvatlaydi;
- Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori ayollar uchun ahamiyatli hamda qulay marketing mahsulotlari va xizmatlarini ommaviy axborot vositalari, bank mutaxassislari orqali taqdim etib borishni tashkil qiladi;
- Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori bank ayollari hamda bank mijozlari bilan doimiy aloqada bo‘ladi, bilim, tajriba va ko‘nikmalar almashish uchun uchrashuv va ijtimoiy tadbirlar o‘tkazadi;
- Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori Xotin-qizlar Qo‘mitasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, «Ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi” kabi hamkorlar bilan tajriba almashish va potentsial mijozlarni moliyaviy ko‘nikma va bilimlarini oshirish maqsadida hamkorlikda tadbirlar tashkil etadi;
- Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib ayollar uchun maxsus dastur asosida o‘quv kurslari va treninglari tashkil etadi;
- Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori o‘quv treninglari hamda seminarlari tashkil etganda bank xodimlari hamda mijozlari uchun «TOT” trenerlar uchun treninglar o‘qitish tizimidan keng foydalanadi va barcha auditoriyaning gender jihatlarini hisobga oladi;
- Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori ayollar eng ko‘p shug‘ullanadigan soha va tarmoqlardagi talablarni baholash maqsadida bozor tadqiqotlarini o‘tkazadi;
- Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori bankning mijozlar bazasida tadbirkor ayollarning ma’lumotlar bazasini shakllantirib boradi;
- Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish bo‘limi bilan birgalikda bank xodimlarini o‘qitish rejasiga «ayollar biznesi xususiyatlari va ularni kreditlash”, «tavakkalchiliklarni tahlil qilish va pul mablag‘lari harakati”, «bank mahsulotlarini ayol mijozlar orasida kengaytirish”, «Banklar faoliyatida gender yondashuvi” kabi mavzularni kiritadi;
- Barcha sotish xodimlari o‘z faoliyatlarida gender yondashuvi asosida ish tashkil qiladi, ayniqsa, ayollar odatlari va psixologiyasini hisobga oladi;
- Mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimiga gender yondashuvlarni joriy etish:
— Gender yondashuvlarni hisobga olgan holda mijozlar mamnuniyatini baholash asosida qarorlar qabul qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
— Qo‘ng‘iroq markazi orqali so‘rovnomalar o‘tkazish;
— Gender kesimida so‘rovnomalar o‘tkazish;
— Gender yondashuvlarni inobatga olgan holda shikoyat va takliflar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
— Gender siyosatini amalga oshirishda yuqori natijalarga erishgan ilg‘or xodimlar orasida so‘rov o‘tkazish. - Mijozlar mamnuniyatini baholash va marketing tahlili asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqish.
Ayollar tomonidan maxsus kreditlash dasturlarida ishtirok etish uchun taqdim etiladigan loyihalarni kreditlashda imtiyozlar berish hamda tartib-qoidalar, ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddatlariga bo‘lgan talablarni soddalashtirish. Ayollarning moddiy ahvolini yaxshilashga yordam beradigan yangi mahsulot va loyihalarni joriy etish.
— Bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlarida ishlaydigan ayollar ulushini 25% ga yetkazish;
— Ayol xodimlarning kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish;
— Kadrlar strategiyasi va siyosatining gender sezgirligini ta’minlash uchun kadrlar siyosatini qayta ko‘rib chiqish, bunda ayol kredit xodimlarini ishga olishni rag‘batlantirish;
— O‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga gender jihatlarini kiritish, kasbiy qayta tayyorlash, malaka oshirish va murabbiy-ustozlarni tayyorlash;
— Yangi xodimlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, gender stereotiplarini aniqlash va gender tushunchasini tushunish bo‘yicha test ishlab chiqish, mutaxassislar uchun gender siyosatini bilish bo‘yicha test o‘tkazish;
— Gender tenglikni ta’minlashni hisobga olgan holda kadrlar zaxirasi tizimini qayta ko‘rib chiqish. - Bank mahsulotlarini targ‘ib qilish va sotish:
— Ayollar segmentiga qaratilgan axborot va marketing materiallarini ishlab chiqish;
— Mahsulot va xizmatlarni (televideniye, radio, reklama, internet, kredit xodimlari orqali) ilgari surish;
— Savdo-sanoat palatasi, Ayollar tadbirkorlik uyushmasi, «Hunarmand» uyushmasi va Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda bankning potensial mijozlari bo‘lgan tadbirkor ayollar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish;
— Xodimlarga bankning mavjud mahsulotlarini ayollarga kompleks sotish bo‘yicha o‘qitish o‘tkazish. - Ayollarga nomoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish strategiyasini ishlab chiqish.
- Gender ko‘rsatkichlariga erishish uchun rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish. Rag‘batlantirish tizimi uchun gender ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va joriy etish.
- Bankning barcha darajalari va mintaqaviy bo‘linmalarida xodimlarning gender xabardorligini oshirish.
- Mavjud ichki me’yoriy hujjatlar va tegishli bank yo‘riqnomalarini gender nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazish;
- Bankning operatsion faoliyatini gender tahlil qilish asosida bo‘linmalar va filiallar kesimida gender harakat rejalarini (GHR) ishlab chiqish;
- Barcha darajalarda, shu jumladan hududlarda GHRni amalga oshirish uchun mas’ul xodimlarni tayinlash va gender tarmog‘ini tashkil etish;
- GHRni o‘z vaqtida va samarali bajarish uchun moliyaviy, ma’muriy va kadrlar resurslarini ta’minlash;
- Bank xodimlarining barcha darajalarda va mintaqaviy bo‘linmalarda gender xabardorligini oshirish;
- Ayollar uchun yangi kredit mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish (kichik asbob-uskunalar lizingi, jozibador foizli muddatli omonatlar, mobil banking, ayollarning faoliyati mavsumiyligini hisobga oluvchi moslashuvchan iste’mol kreditlari va hokazo);
- Zaif maqsadli guruhlar (ayniqsa, qishloq ayollari) himoyasini kuchaytiruvchi jamg‘arma, sug‘urta va pul o‘tkazmalari kabi moliyaviy mahsulotlarni o‘zaro (kross) sotish amaliyotini kengaytirish;
- Bank xizmatlaridan foydalanishda nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda ayollarni qo‘llab-quvvatlash va huquqiy himoya qilishni ta’minlash.
- Endigina ish boshlayotgan tadbirkor ayollar (ayniqsa, qishloq joylarida) uchun kreditlarni qaytarishning yanada moslashuvchan shartlarini (jumladan, foiz stavkalari, to‘lov jadvali, kreditlar muddati va ta’minoti) joriy etish;
- Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Bank tomonidan mikro va kichik korxonalarga berilgan kreditlarning umumiy summasidan kamida 35%, (Bankning qaroriga ko‘ra o‘zgarib turadi) miqdorida kreditlar berish imkoniyatini muhokama qilish va ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir;
- Mikro va kichik moliyalashtirish kredit portfelining (imkon bo‘lgan hollarda) ayollarga beriladigan ulushi Bank MKMga ajratgan umumiy kredit portfelining kamida 30%, (Bankning qaroriga ko‘ra o‘zgarib turadi) tashkil etishini nazarda tutish.