Korporativ ipoteka

Xususiy uy yoki kvartira sotib olish uchun

Tadbirkorlik sub’ektlari uchun
10 mlrd so‘mgacha

Kredit miqdori

10 yilgacha

Kredit muddati

21% dan boshlab

Foiz stavkasi

25% dan boshlab

Boshlang‘ich to‘lov

Foydali taklif

Tezkor yechim
1 ish kuni ichida yechim
Foydali
Qulay shartlar va kreditlashning uzoq muddati
Qulay so‘ndirish
Kreditni Hamkor mobil ilovasida to‘lang
Ishonchli hamkor
«Hamkorbank» 30 yildan ortiq vaqt davomida orzular ushalishiga yordam berib kelmoqda

Kreditni hisoblash

Kredit miqdori
0
Jami oylik to‘lov
0
Yillik foiz stavkasi
Kreditning to‘liq qiymati
0
Sizga kerak bo‘ladi

Kredit haqida batafsil

Kredit maqsadi

Birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy, ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar, shuningdek, nolurar bino va inshootlarni sotib olish.

Qarz oluvchilar

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari.

YatTlar uchun murojaat qilingan sanada — 18 yoshdan 60 yoshgacha; yuridik shaxslar uchun — asosiy ulushga ega bo‘lgan ta’sischi-jismoniy shaxslarga ham xuddi shu yosh talabi amal qiladi.

Kredit tarixi mavjud bo‘lgan taqdirda — oxirgi 12 oy davomida oylik muddati o‘tgan qarzdorliklar bo‘lmasligi lozim.

Moliyalashtirilmaydi

Kreditdan uchinchi shaxslar tomonidan foydalanilishi; spekulyativ faoliyat; muammoli kreditlarni so‘ndirish; qonunchilikka zid bo‘lgan faoliyat.

Yaqin qarindoshlar va affillangan shaxslar (ota, ona, aka-uka, opa-singil, bobo, buvi, nabiralar) o‘rtasidagi bitimlar.

Mulk huquqi sotuvchiga o‘tgan vaqtdan boshlab bir yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, uning oldingi egasi bilan qarindoshlik va affillanganlik aloqalari tekshiriladi.

Kredit miqdori
  • Noturar bino va inshootlar uchun — 10 mlrd so‘mgacha
  • Turar joylar uchun: Toshkent shahri uchun — 3 mlrd so‘mgacha, boshqa hududlar uchun — 1.5 mlrd so‘mgacha
Foiz stavkasi
  • 12 oygacha — 21% dan boshlab 22% gacha
  • 12 oydan boshlab 24 oygacha — 22% dan boshlab 24% gacha
  • 24 oydan boshlab — 23% dan boshlab 25% gacha
Kredit muddati

120 oygacha

Imtiyozli davr

12 oygacha

Boshlang‘ich to‘lov

Birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy, kvartira hamda noturar bino va inshootlarni sotib olish uchun oldi-sotdi shartnoma qiymatining 25%idan kam bo’lmagan miqdorda faqat pul ko’rinishida qabul qilinadi

Kredit valyutasi

Milliy valyutada

Ajratish shakli

Pul o‘tkazish yo‘li bilan

Kreditni so‘ndirish shakli

Sotuvchining hisobvarag‘iga, jamg‘arma hisobvarag‘iga yoki jismoniy shaxs bo‘lgan sotuvchining shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazma orqali.

Muddatidan oldin so‘ndirish

Qo‘shimcha to‘lovlar yoki jarimalarsiz to‘liq yoki qisman muddatidan oldin to‘lash mumkin

Garov ta’minoti

Kredit summasining 130% miqdorida ipoteka obyekti + asosiy ulushga ega bo‘lgan ta’sischi kafilligi kreditning to‘liq summasiga (davlat ulushi mavjud bo‘lgan mijozlardan tashqari).

Agar ipoteka obyekti 130% gacha yetmasa, yuridik shaxslar va YaTTlar boshqa mol-mulkni qo‘shishlari mumkin: uy-joy, nomaydondagi (nolurar) binolar, depozit.

YaTTlar uchun alohida holat

Yangi ochilgan YaTT (6 oydan kam bo‘lgan) agar bank mijozi bo‘lgan yuridik shaxsda kamida 50% ulushga ega ta’sischi bo‘lsa, kredit olishi mumkin. Affillanganlikni tasdiqlovchi hujjatlar (ta’sis shartnomasi, ustavdan ko‘chirma) talab etiladi.

Hujjatlar
  • Ariza (elektron shaklda topshirish mumkin)
  • Kredit turi bo‘yicha hujjatlar
  • Dastlabki oldi-sotdi shartnomasi
  • Loyiha tahlili natijalariga ko‘ra boshqa hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari.

Qarz oluvchining kredit tarixi mavjud bo‘lsa, so‘ngi 12 oyda kredit to‘lovlari oydan-oyga kechiktirilmagan bo‘lishi lozim.

Biznes kreditini oling

1
Ariza qoldiring

Ariza qoldirganingizdan so‘ng, operator siz bilan bog‘lanadi

2
Konsultatsiya oling

Mahsulot va hujjatlar bo‘yicha konsultatsiya beramiz, uchrashuv joyi va vaqtini kelishib olamiz

3
Hujjatlarni tayyorlang

Bank ofisiga tashrif buyuring

4
Qarorni oling

Hujjatlarni topshirgandan so‘ng, natijani bilib oling

35 yil

Bozorda

50 000 dan ortiq

Faol biznes-mijozlar

20 yildan ortiq

Xalqaro bozorda

Hamkor for Business
ilovasi

Qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, biznesingiz doimo nazoratda

Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Mobil bank
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Hamkor for Businessilovasi Hamkor for Businessilovasi

Shuningdek tanishing

Savdo terminali
Tovarlar yoki xizmatlar to‘lovi uchun bank kartalarini qabul qiling
Biznesingizning ishonchli starti
Hisob ochamiz va soliq idorasi bilan muloqotni soddalashtiramiz
Oxirgi yangilanish sanasi: 07.10.2026