Ekspert kengashi tarkibi
Muhammad Ibrohim Essa
Islomiy bank ishi va takaful sohasi bo‘yicha taniqli shariat olimi. Karaçi shahrida joylashgan Jomi Dorul Ulum «Darse Nizami” va «Takhassus Fil Ifta” (Islomiy huquq sohasi bo‘yicha mutaxassislik) ni tamomlagan. Hozirda Dorul Ifto Jomiya Dorul Ulum Karachi o‘qituvchisi va a’zosi bo‘lib, turli mavzularda uch mingdan ortiq fatvolar yozgan. U, shuningdek, Habib Metropolitan Bank Limited va Khyber Bankdagi Shariat kengashi raisi, shuningdek, Zarai Taraqqiyot banki shariat kengashi a’zosi hisoblanadi. U milliy va xalqaro islomiy moliya institutlari, jumladan, Equitable Financial Solutions (Avstraliya), Shariah Scholar (Bahrayn), Shahid Afridi (Pokiston), Ethica Islomiy Moliya Instituti (AQSh), Artium Underwriters (London, Angliya), Efu Life Assurance Ltd, Efu General Insurance Ltd va boshqalar shariat maslahatchisi hisoblanadi.
Tuychiyev Abdulmannob Jakbarovich (Abdulmannon Abdulloh domla)
Abdulmannon Abdulloh Hindistonning Devband shahridagi Darul Uloom oliy maktabida tahsil olgan. U ilmni tarqatish borasida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Rahmatulloh alayhi va shayx Muhammad Toqiiy Usmoniy hafizahulloh tomonidan ijozat olgan. Islomiy moliya sohasida 30 yillik tajribaga ega. Islomiy moliya bo‘yicha bir qator kitoblar muallifi, o‘qish davomida 5000 dan ortiq tadbirkorlarni islomiy moliyaning asoslariga o‘rgatgan. Abdulmannon Abdulloh shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf huzurlari ostida Islom.uz portalining fiqh bo‘limi (Fiqh.uz) qonun-qoidalarini o‘n yildan ortiq boshqargan. Ular fiqh ilmi bo‘yicha yuzlab maqolalar yozganlar. Islom.uz portalida ochilgan «Savollar va javoblar” ruknida 10 000 dan ortiq savollarga javob berganlar.
Sultonov Dilshod Mirkamilovich
Moliyaviy institutlarning kredit reytingini baholash sohasida 15 yillik tajribaga ega. Islomiy moliya sohasidagi xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi AAOIFI tashkilotidan CSAA (Sertifikatlangan Shariat maslahatchisi va auditor) hamda CIPA (Sertifikatlangan islomiy professional buxgalter) sertifikatlarini olgan. Assoodiq Consult ekspertlar kengashi a’zosi hisoblanadi.
Salijanov Ilhomjon Adhamovich
AKB «Hamkorbank"da 7 yillik tajribaga ega, hozirda bankning yuridik xizmat rahbari lavozimida ishlaydi.
Masabirov Yorbey Mahamadjonovich
AKB «Hamkorbank"da 19 yillik tajribaga ega, hozirda bankning islomiy bank mahsulotlari savdo guruhi rahbari hisoblanadi.
Isahodjiyev Bahtiyor Abdusalimovich
AKB «Hamkorbank"da 23 yillik tajribaga ega, hozirda bankning islomiy bank mahsulotlari savdo guruhining bosh mutaxassisi lavozimida ishlaydi.
Islomiy moliyalashtirish
Hamkor for Business ilovasi
Qayerda bo’lmasangiz ham biznesingiz har doim nazorat ostida!