mc.yandex.ruyandex

Islomiy lizing

An’anaviy lizingdan farqli o‘laroq, bu yerda foizlar yo‘q, bitim shartlari esa maksimal darajada adolatli va shaffof

Biznes rivoji uchun

Komissiyasiz

Islomiy lizing
300 mlrd so‘mgacha

Lizing miqdori

60 oygacha

Lizing muddati

30%

Bo‘nak to‘lovi

biznesni rivojlantirish uchun

Foydalaniladigan uskunalar, yengil va og‘ir transport vositalari.

Foydali taklif

Islom me’yorlariga mos keladi
Foizlar yoki kredit taqdim etish yo‘q
Tezkor yechim
3 ish kuni ichida qaror qabul qilinadi
Haqqoniy va shaffof shartlar
Shartlar lizing muddati davomida o‘zgarishsiz qoladi
Ishonchli hamkor
Hamkorbank 30 yildan ortiq vaqtdan beri orzularni amalga oshirishda yordam beradi

Islomiy lizing qanday ishlaydi?

Islomiy lizing yoki ijara — bu lizing predmetini ijaraga oluvchiga ijara to‘lovlari evaziga vaqtinchalik foydalanishga beradigan alohida ijara turi hisoblanadi.

U an’anaviy lizingdan shunisi bilan farqlanadiki, ijaraga beriladigan lizing aktivlari har qanday holatda ham ijaraga beruvchida qoladi. Islomiy lizingning o‘ziga xos xususiyati shundaki, lizing predmetidan faqat Shariat qoidalariga muvofiq belgilangan maqsadda foydalanish mumkin.

Lizingni qanday rasmiylashtirish kerak

1
Lizing uchun ariza bering

Arizani bank bo’limida topshirish kerak

2
Hujjatlarni yig’ing va topshiring

Hujjatlar lizingni rasmiylashtirish uchun zarur

3
Bank tomonidan lizing tasdiqlanishini kuting

Arizani ko’rib chiqish muddati 3 ish kunigacha

4
Shartnoma tuzing

Uskunalarni oling

Eng yaqin bank ofisida kredit rasmiylashtiring

Lizing haqida batafsil ma’lumot

Lizing obyektlari

Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan uskunalar, yengil va og’ir transport vositalari.

Man etilgan moliyalashtirish yo’nalishlari
  1. Kazino, totalizator, lotoreya va hokazolar;
  2. Mast qiluvchi ichimlik va moddalar ishlab chiqarish va ularning savdosi;
  3. Cho‘chqa go‘shti va xarom qilingan narsalar savdosini tashkil etishda qo‘llash ko‘zda tutilgan holatlar.
Lizing muddati

13 oydan 60 oygacha

Lizing oluvchilar va ularga qo’yilgan talab

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan moliyaviy barqaror xo‘jalik subyektlari.

Lizing miqdori

300 mlrd so‘mgacha

Valyuta turi

Milliy va xorijiy valyutada

Mahsulotdan foydalanish tartibi

Pul o‘tkazish yo‘li bilan

Imtiyozli davr

Imtiyozli davr berilmaydi

Islomiy lizing daromadi (ustama haqqi)

Islomiy lizing shartnomasiga asosan

Bir marotabalik bank xizmati

Olinmaydi

Islomiy lizing to‘lovini so‘ndirish tartibi

Har oyda oddiy yoki annuitet shaklda, loyihadan kelib chiqib, boshqa shakllarda

Grafik shakllantirish

Lizing shartnomasi imzolanishi bilan tizimda islomiy lizing to‘lovlari grafigi shakllantiriladi. Lizing muddati davomida ushbu grafik o‘zgarishsiz qoladi

Mijoz to’lashi kerak bo’lgan bo’nak to’lovi

Kamida 30%

Lizing obyektini sug‘urtalash (Takoful)

Lizing obyektini sug‘urtalash taraflarning kelishuviga binoan islom moliyasi tamoyillariga muvofiq sug‘urtalanadi (takoful). Bunda sug‘urta xarajatlari lizingga beruvchi zimmasida bo‘ladi

Bank, lizing oluvchi va sotuvchi o’rtasidagi shartnomalar rasmiylashtirish ketma-ketligi
  1. Bank va lizing oluvchi o‘rtasida dastlabki kelishuv shartnomasi;
  2. Bank va sotuvchi o‘rtasida lizingga berilishi mo‘ljallangan obyektni oldi-sotdi qilish shartnomasi;
  3. Lizing obyektini qabul-qilish va topshirish dalolatnomasi;
  4. Bank va lizing oluvchi o‘rtasida lizing shartnomasi.
Jarimalar (ehson uchun yo’naltiriladi)

Mijozlar tomonidan lizing to‘lovlari bo‘yicha kechikishlar bo‘lganda bank tomonidan lizing shartnomasiga muvofiq jarimalar hisoblab undiriladi. Bank tomonidan hisoblab undirilgan jarimalar hayriya ishlariga sarflanadi.

Hamkor for Business ilovasi

Qayerda bo’lmasangiz ham biznesingiz har doim nazorat ostida!

Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Mobil bank
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Hamkor for Business ilovasi Hamkor for Business ilovasi

Shuningdek tanishing

Savdo terminali
Tovarlar yoki xizmatlar to‘lovi uchun bank kartalarini qabul qiling
Biznesingizning ishonchli starti
Hisob ochamiz va soliq idorasi bilan muloqotni soddalashtiramiz

Tez-tez so’raladigan savollar

Oxirgi yangilanish sanasi: 16.09.2024
Hamkor for Business
Ilovaning QR-kodini skanerlang. Agar ilova o‘rnatilgan bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovaga, aks holda qurilma do‘koniga yo‘naltirilasiz.
Hamkor for Business