Jismoniy shaxslar uchun
/
Depozit yacheykalari

O‘zbekistonda depozit qutilari— qimmatli buyumlarni xavfsiz saqlash

«Hamkorbank» ATB individual depozit yacheykalari — qulay, ishonchli hamda maxfiylik garovidir

Seyf yacheykalari qanday ijaraga olinadi

1
Bank ofisiga murojaat qiling
Xodimga yacheyka ijaraga olish istagingizni bildiring
2
Hujjatlarni taqdim eting
Rasmiylashtirish uchun pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat kerak bo‘ladi
3
Shartnomani imzolang
Yacheykani saqlash muddat va o‘lchamini ko‘rsating, so‘ng kalitlarni oling
4
Qimmatbaho buyumlaringizni joylashtiring
Ularni yacheykaga qo‘ying va buyumlaringiz kechayu kunduz Hamkorbank himoyasi ostida bo‘ladi

Afzalliklari

Maxfiylik
Yacheykalarni faqat ijarachi ocha oladi, bank uning tarkibini nazorat qilmaydi va to‘liq anonimlikni kafolatlaydi
Xavfsizlik
Zamonaviy qo‘riqlash, videokuzatuv tizimlari va yong‘indan himoya vositalari qimmatbaho buyumlaringizning ishonchli saqlanishini ta’minlaydi
Qulay shartlar
Ijara muddati — bir necha kundan bir necha yilgacha, turli o‘lchamdagi yacheykalar, faqat foydalanilgan vaqt uchun to‘lov
Ishonchli hamkor
Hamkorbank 30 yildan ortiq vaqt davomida orzularingizni ro‘yobga chiqishida ko‘maklashib kelmoqda

Hamkorbank seyflari ijarasi

«Garant» xizmati

Garant — bank depozit yacheykasidan foydalangan holda ko‘char va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xaridor va sotuvchi o‘rtasida ishonchli hisob-kitob xizmati.

Depozit yacheykalar joylashgan xona — eng zamonaviy xavfsizlik va yong‘indan himoya qilish tizimlari bilan jihozlangan va bank xavfsizligi xizmati tomonidan doimo nazorat qilinadi, bu esa depozit yacheykalardagi barcha qimmatbaho narsalar yoki hujjatlarning maksimal darajadagi xavfsizligini ta’minlaydi.

Garant xizmati uchun eng kami 1 oy muddatga shartnoma tuziladi, chunki bu ko‘chmas mulk bilan bog‘liq oldi-sotdi jarayoni amaliyotlari uchun eng qulay vaqt hisoblanadi.

Garant bank depozit yacheykasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob xizmati to‘lovi 100 000 so‘m.

Depozit yacheykalari ijarasi

«Hamkorbank» ATB yuridik va jismoniy shaxslarga yangi bank xizmat turi — depozit yacheykalarini taqdim etadi. Depozit yacheykalarida ishga doir hujjatlar, qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, zargarlik buyumlari, san’at asarlari va noyob buyumlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq keladigan boshqa qimmatli narsalarni saqlash mumkin.

Har qanday vaziyatda xavfsizlik va ishonch

Ta’til, xizmat safari yoki shunchaki muhim narsalarni himoya qilish istagi tufayli Hamkorbank depozit qutichasini ijaraga oling va qimmatbaho buyumlaringizning istalgan vaqtda xavfsizligiga ishonch hosil qiling

Zamonaviy texnologiyalar va to‘liq maxfiylik

Hamkorbank saqlov xonasi zamonaviy himoya tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi. Bank quticha tarkibining daxlsizligi va maxfiyligini kafolatlaydi — unga faqat siz kirishingiz mumkin. Ro‘yxat tuzilmaydi, qimmatbaho buyumlar bilan ishlash mustaqil ravishda amalga oshiriladi, begona shaxslarning kirishi mutlaqo istisno etiladi.

Depozit yacheykalaridan foydalanish tariflari

Valyuta turi

Milliy valyuta — so‘m va AQSh dollari

Ijara muddati

Shartnomaga asosan

To‘lov shakli

Norezidentlar depozit yacheykasidan foydalanish uchun to‘lovni AQSh dollarida amalga oshiradilar. Rezidentlar tarifga muvofiq milliy valyuta so‘mda.

Kerakli hujjatlar

Jismoniy shaxslardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. Yuridik shaxslar bilan shartnomaga asosan ijaraga beriladi.

74×306×600
  • Kunlik to‘lov — 15 000 so‘m
  • Oylik to‘lov — 10 0000 so‘m
126×306×600
  • Kunlik to‘lov — 20 000 so‘m
  • Oylik to‘lov — 150 0000 so‘m
256×306×600
  • Kunlik to‘lov — 25 000 so‘m
  • Oylik to‘lov — 300 0000 so‘m
Norezident jismoniy shaxslar uchun barcha hajmdagi seyflar
  • Kunlik to‘lov — 50 000 so‘m
  • Oylik to‘lov — BHM ning 2 (ikki) barobari miqdorida

Depozit yacheykalaridan foydalanish davomida mijozdan qulf kalitini yo‘qotganlik yoki yacheykaga zarar yetkazganligi uchun — 50 AQSh dollari miqdorida (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha), shuningdek, yacheyka qulfini qayta tiklash hamda ta’mirlash bilan bog‘liq harajatlar miqdorida jarima undiriladi.

Hamkor ilovasi

  • Valyutani bir zumda ayirboshlang
  • Oyiga 5 000 000 so‘mgacha bepul pul o‘tkazing
  • Visa Classic kartasini bepul rasmiylashtiring
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Mobil bank
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Hamkor ilovasi Hamkor ilovasi
Oxirgi yangilanish sanasi: 18.12.2025