Hamkorbank nomidan firibgarlik holatlari ko‘paymoqda! | Yangiliklar | Hamkorbank
Hamkorbank nomidan firibgarlik holatlari ko‘paymoqda!

Hamkorbank nomidan firibgarlik holatlari ko‘paymoqda!

21 / 10 / 2025

Hamkorbank ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini bank xodimi deb tanishtiradigan shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari haqida ogohlantiradi.

Firibgarlar foydalanuvchilarga Telegram, Facebook va Instagram orqali shaxsiy xabarlarda murojaat qilib, "past foizli qulay kreditlar" taklif qilmoqda. Aloqa o‘rnatilgach, ular "kredit ma’qullandi" deya, "sug‘urta polisi" yoki "kafolat to‘lovi" uchun ma’lum miqdorda pulni karta raqamiga yoki elektron to‘lov xizmatlari orqali o‘tkazishni talab qilishmoqda.

E’tiboringizga havola qilamiz:

  • Hamkorbank hech qachon messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy xabarlar orqali kredit mahsulotlarini taklif etmaydi.
  • Bank xodimlari hech qachon mijozlardan shaxsiy kartalarga pul o‘tkazishni so‘ramaydi va kredit olish uchun oldindan to‘lov talab qilmaydi.
  • Bank mahsulotlari va xizmatlari haqida barcha rasmiy ma’lumotlar faqat hamkorbank.uz saytida yoki bankning tasdiqlangan rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Agar siz shubhali xabar olgan bo‘lsangiz:

  • Shubhali havolalarga kirmang!
  • Pul o‘tkazib yurmang!

Moliyaviy xavfsizligingizni himoya qiling — hushyor bo‘ling va firibgarlarga aldanib qolmang!

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play