Bank tariflariga kiritilayotgan o’zgarishlar yuzasidan xabar
Hurmatli mijozlar!
2025-yil 8-dekabr kunidan jismoniy shaxslar uchun xizmat ko‘rsatish tariflariga quyidagi o’zgarishlar kiritilishini ma’lum qilamiz.
Jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar:
| Band | Xizmat nomi: | Tarif |
| 1.5.5 | Jismoniy shaxslarning bank kartalaridagi mablag‘larni arizaga asosan terminal orqali boshqa to‘lovlar uchun filial yoki boshqa bankka naqdsiz shaklda o‘tkazilganda: (Hamkorbank tizimi ichida ochilgan jamg‘arma va muddatli omonatlarga, olgan kredit to‘lovlariga, kreditning oldindan to‘lovlari uchun o‘tkazilgan holatlardan tashqari) | |
| e) | Jismoniy shaxslarning «Hamkorbank»dan olinayotgan avtokreditlari uchun naqd pulsiz shaklda boshlang’ich to’lovlarini o’tkazish | Bepul |
| 2.11 | Jismoniy shaxslardan qabul qilingan naqd pul shaklidagi bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish | |
| e) | Jismoniy shaxslarning «Hamkorbank»dan olinayotgan avtokreditlari uchun naqd pul shaklda boshlang’ich to’lovlarini o’tkazish | Bepul |