Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” ATB tomonidan So‘x tumani axolisiga kreditlar ajratilib berilmoqda

«Hamkorbank» ATB tomonidan So‘x tumani axolisiga kreditlar ajratilib berilmoqda

18.08.2020
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB Farg‘ona viloyati So‘x tumani ijtimoiy — iqtisodiy muxitini rivojlantirishda, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi PQ-4798-sonli qarorida belgilangan vazifalarni bajarishda o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda.

Jumladan, aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining bank xizmatlariga bo‘lgan extiyojlarini qondirish davomida bank tomonidan loyihalar moliyalashtirib kelinmoqda. 2020 yilning 2 choragi davomida aholiga 200 mln so‘mdan ortiq iste’mol kreditlari va mikroqarzlar ajratib berilgan.

Yana shuni ta’kidlash joizki, xozirgi kunda «Hamkorbank»ning barcha ofislarida koronavirus tarqalishi oldini olish hamda qulay tarzda bank xizmatlaridan foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mijozlarga ijtimoiy masofani saqlagan holda xizmat ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, bank xizmatlaridan foydalanish davomida maksimal darajada Hamkor Mobile ilovasidan foydalanish bo‘yicha mijozlarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ilova yordamida mijozlar «Золотая Корона» pul o‘tkazma tizimi orqali kelib tushgan o‘tkazmalarni qabul qilib olish, kommunal to‘lovlar va boshqa 50 dan ortiq to‘lovlardan foydalanishlari mumkin.


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026