mc.yandex.ruyandex

Hamkorbank biznesni rivojlantirish uchun kreditlari

10 / 07 / 2019

Biznes yurituvchi tadbirkorlar o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga bizneslarini kengaytirish borasida har doim ham imkoniyatga ega bo‘lmaganliklari uchun tez-tez moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lishadi. Bunday vaziyatlarda biznesni rivojlantirish uchun kredit rasmiylashtirish masalasida banklarga tashabbus bilan chiqish lozim.

«Hamkorbank» ATB 28 yil davomida biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun bank o‘z mablag‘lari hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan keng turdagi kredit liniyalarini taklif etish orqali tadbirkorlik sub'yektlarining ishonchli hamkori sifatida o‘z o‘rniga egadir.

Biznesni rivojlantirish uchun kreditlar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi: 1 yilgacha bo‘lgan muddatda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun va 5 yilgacha asosiy vositalarni sotib olish uchun ajratiladi. Kredit turidan kelib chiqib 3 oydan 12 oygacha imtiyozli davr taqdim etilishi mumkin.

Yevropa tiklanish taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro Taraqqiyot Assotsiatsiyasi va 10 dan ortiq boshqa xalqaro moliya institutlari va xorijiy fondlar bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari “Hamkorbank”ga kichik va yirik biznes loyihalarini, jumladan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi korxonalarini moliyalashtirishga imkon beradi.


Credit_partners_logo.jpg


Hamkorbank post-kreditlash jarayonida bir qator qulaylik va yechimlar joriy etgan. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun Internet banking tizimi yordamida mijozlar nafaqat o‘z hisob-raqamlari holatini, balki kredit holatini, qarzdorlik miqdorini, kelgusi to‘lov miqdorini kuzatishlari va bank ofisiga tashrif buyurmagan holda kredit to‘lovlarini amalga oshirishlari mumkin.

Hamkorbank xorijiy kredit liniyalari hisobidan, korxonalarni ish samaradorligini oshirish va ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni sifatini oshirish uchun xorijdan yuqori texnologik uskuna va moslamalar xarid qilish kabi ajoyib imkoniyatni taqdim etadi.

Hamkorbank kredit ajratish jarayonida sifat va tezkorlikka alohida e’tibor qaratadi. Bank tadbirkor uchun har bir daqiqa muhim ekanligini anglagan holda maksimal darajada qisqa muddatlar ichida ehtiyojlarni qondirishga intiladi.


Bank mahsulotlari va xizmatlari xaqidagi yangiliklarni ijtimoiy tarmoklarda kuzating:

Facebook: https://www.facebook.com/HamkorBank.uz/

Telegram: https://telegram.me/Hamkorbankuz  

Instagram: https://www.instagram.com/hamkorbank_jscb

 



O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play