Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hamkorbank maktablarda moliyaviy savodxonlik darslarini olib borishda davom etmoqda!

Hamkorbank maktablarda moliyaviy savodxonlik darslarini olib borishda davom etmoqda!

14.12.2021
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Moliyaviy savodxonlik nima? Daromad va harajatlarni qanday qilib boshqarish mumkin? Vaqt va pulning qadriga yetishning asosiy qoidalari nimalardan iborat?

«Hamkorbank» ATB O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki bilan birgalikda mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan ziyo maskanlarida tashkil etgan tadbirlarida mana shu kabi savollarga batafsil javob berildi.

E’tiborli jihati, «Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi» doirasida o‘tkazilgan uchrashuv muloqotlarda o‘quvchilarning faolligi, mavzuni puxta o‘zlashtirishga ishtiyoqi baland ekanligi namoyon bo‘ldi. Kichik yoshdan tejamkorlikka o‘rganish, iqtisodiy bilimlarni mukammal egallashning ahamiyati muhokamalarning bosh mavzusi bo‘ldi.

Andijon shahrida joylashgan 35-davlat ixtisoslashtirilgan maktabi, ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan 13-maktab va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlarida bankning malakali mutaxassislari mavzuni atroflicha yoritib berdilar.

Moliyaviy savodxonlik jamiyatning rivojlanishi, ertamiz egalarining farovon hayot kechirishlarining asosi ekanligiga alohida urg‘u berildi.

O‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqi, qizg‘in savol-javoblar, ertamiz egalarining mavzuga doir sahna ko‘rinishlari uchrashuvlarning yanada samarali bo‘lishini ta’minladi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026