mc.yandex.ruyandex
“Hamkorbank” ATB hamda Xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom Korporatsiyasin o‘rtasida rasmiy uchrashuv

“Hamkorbank” ATB hamda Xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom Korporatsiyasi (ICD) o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

07 / 03 / 2024Toshkent, 06.03.2024y.

2024-yilning 6-mart sanasi muhim va foydali rasmiy uchrashuvlarga boy ish kuni bo‘ldi. Jumladan,“Hamkorbank” ATB Boshqaruvi raisi hamda Islom taraqqiyot banki va uning guruhi tarkibiga kiruvchi Xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom Korporatsiyasi (ICD) Investitsiyalar masalalariga oid Bosh direktor vazifasini bajaruvchi Bahaaledin Kirimli boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizda joylashgan Hyatt Regency mehmonxonasi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan davra suhbati mobaynida tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalari, islom moliyasi bo‘yicha mamlakatimiz, aynan “Hamkorbank” ATBtajribasi, hususiy sektorni rivojlantirishda islom moliyasining o‘rni hususida so‘z yuritdilar.

Taʼkidlash kerakki, Bank tizimida Islomiy lizing xizmatini joriy qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilgan. Juladan, ushbu tajribani joriy qilish ishlariga safarbar qilingan ishchi guruh faoliyati 2022 yilda boshlanib, jarayonda, mamlakatimiz Qonunchiligi va shariat qoidalarini puxta o‘rganish yuzasidan ishlar olib borilgan. Shuningdek, “AsSoodiq” konsalting firmasi bilan shartnoma imzolanib, huquqiy va moliyaviy asoslar shakllantirilgan, hamda, O‘zbekiston Musulmon idorasidan Islomiy lizing xizmati shariat tamoyillariga mosligi to‘g‘risida munosabat olingan. Bundan tashqari, mijozlarga islom lizing bo‘yicha malakali xizmat ko‘rsatish maqsadida bankning bevosita mijozlar bilan ishlovchi menejerlariga Islom moliyasi va lizing xizmati bo‘yicha treyninglar tashkil qilingan. Yakunda esa, Bankning halol mablag‘lari manbaalari va Islomiy bank mahsulotlaridan olingan jarimalar hisobi avtomatlashtirilgan. Harakatlar natijasi o‘laroq, 2023 yil 28 may sanasida Xalqaro islom savdo moliya korporatsiyasi (ITFC) bilan bank mijozlarini Murobaha sharti asosida moliyalashtirish yuzasidan 20 mln AQSH dollariga shartnoma imzolangan bo‘lib, 2024 yilning 1 mart holatiga ko‘ra jami 94 ta mijoz loyihasi moliyalashtirilgan.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi tomonidan “Hamkorbank” ATB ga 20 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu mablag‘lar shariatga muvofiq moliyalashtirish asosida kelgusida O‘zbekiston Respublikasida tegishli xususiy sektor loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play