O‘zbekiston FinTex Assotsiatsiyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi | Hamkorbank
Hamkorbank va O‘zbekiston FinTex Assotsiatsiyasi Xalqaro FinTech & Banking 2024 doirasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

Hamkorbank va O‘zbekiston FinTex Assotsiatsiyasi Xalqaro FinTech & Banking 2024 doirasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

04 / 10 / 2024

Toshkent, 2024-yil 3-oktabr – Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan FinTech & Banking 2024 xalqaro forumi doirasida Hamkorbank va O‘zbekiston FinTex Assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu tadbir mamlakatning fintex sektorini rivojlantirishda muhim qadamdir.

Moliya va bank sektorining raqamli transformatsiyasi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning kaliti va mamlakat innovatsion o‘sishining yangi harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Memorandum doirasida moliya sektorining raqamli transformatsiyasida muhim o‘rin tutadigan moliyaviy texnologiyalarni yaratish va rivojlantirish sohasida strategik hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga kelishib olindi. Tomonlar, ushbu hamkorlik har ikki tashkilotning maqsadlariga erishish va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirmoqda.

Yaqin kelajakda hamkorlar quyidagi sohalarni muhokama qilishdi:

- bank-moliya sohalarida innovatsiyalarni rivojlantirish

- ilg‘or fintex yechimlarini joriy etish

- yangi mijozlar tajribasi va raqamli makonni yaratish.

“Bizning hamkorligimiz innovatsiyalar uchun keng istiqbollarni ochib beradi va ilg‘or yechimlarni, shu jumladan ochiq API'lardan foydalanishni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi”, deb ta’kidladi Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Jasur Xasanov. “Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz nafaqat moliyaviy xizmatlar sifati df ulardan foydalanish imkoniyatini oshirishga, shuningdek, aholining moliyaviy savodxonligini yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonchimiz komil.”.

“Bugun fintex sanoati dinamik o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda va biz innovatsiyalar va hamkorlik uchun ulkan salohiyatni ko‘rmoqdamiz. Moliyaviy xizmatlar va keng jamoatchilik uchun qulaylikni yaxshilashga qaratilgan startaplar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi ekotizim yaratish muhim ahamiyatga ega. Hamkorligimiz ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va aholining keng qatlamlari uchun moliyaviy xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini yaxshilaydigan innovatsion yechimlarni ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar ochadi”. – dedi O‘zbekiston Fintex assotsiatsiyasi direktori Nargis Do‘smatova.

“Hamkorbank” ushbu hamkorlikni an’anaviy bank faoliyatidan to‘laqonli raqamli ekotizimga o‘tish, o‘z mijozlariga keng ko‘lamli moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadam deb biladi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play