Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
"Hamkorbank" ATB: O‘zbekistonda islom moliyasi hamda, ushbu sohaning rivoji haqida

«Hamkorbank» ATB: O‘zbekistonda islom moliyasi hamda, ushbu sohaning rivoji haqida

07.03.2024
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
O‘zbekistondagi islom moliyasi, islom moliyaviy lizing sohasida tajribasi, shuningdek qishloq xo‘jaligi kreditlari bilan bog‘liq faoliyat va boshqa moliyalashtirish mahsulotlari va soha rivoji haqida.
Toshkent, 06.03.2024y.
Poytaxtimizda joylashgan Hyatt Regency mehmonxonasi majlislar zalida Iordaniya tadbirkorlikni rivojlantirish korporatsiyasi (Jordan Enterprise Development Corporation, JEDCO) delegatsiya a’zolari va «Hamkorbank» ATB o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Bank Boshqaruvi raisi B. Jo‘rayev va korporatsiyaning qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Husni Hijoziy va boshqa mutasaddi xodimlar hamda delegatsiya a’zolari qatnashdi.
Davra suhbati mobaynida delegatsiya a’zolari O‘zbekistondagi islom moliyasi, islom moliyaviy lizing sohasida tajribasi, shuningdek qishloq xo‘jaligi kreditlari bilan bog‘liq faoliyat va boshqa moliyalashtirish mahsulotlari bilan tanishish maqsadida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Ta’kidlash lozimki, yurtimiz fuqarolari va tadbirkorlarida ham foizlarsiz bank va moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan qiziqish juda yuqori bo‘lganligi sababli, islom moliyaviy xizmatlarini ko‘rsatish tizimini shakllantirish borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Davra suhbatida ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda islom moliyaviy xizmatlarining joriy etilishi xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi hamda bank va moliya tarmog‘ida shaffof raqobat muhitini yaratish imkoniyatini beradi. Natijada aholining moliya bozoridagi faolligi oshadi, aholi va tadbirkorlar ixtiyorida bo‘lgan bo‘sh pul mablag‘lari mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida maksimal ishtirok eta olishi imkoniyati yaratiladi, kapital bozorining rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026