mc.yandex.ruyandex

Qarshi shahrida “Hamkorbank” ATBning Qashqadaryo mintaqaviy filiali ochilish marosimi bo'lib o'tdi

09 / 09 / 2019Axoli va tadbirkorlik subyektlari uchun bank mahsulotlari va xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatini tayinlash maqsadida 2019 yil 7 sentyabr kuni Qashqadaryo mintaqaviy filiali ochildi, natijada "Hamkorbank"ning filiallarini umumiy soni 43 taga yetdi, xizmat ko'rsatish punktlarining umumiy soni esa 200 taga yetdi.
Yagona korporativ uslubda qurilgan Hamkorbank Qashqadaryo mintaqaviy filiali zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangan bo'lib, mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatish uchun barcha sharoitlarga ega.

Ochilish marosimiga Qashqadaryo viloyatining yirik tadbirkorlari, Qashqadaryo viloyati xokimi va xokimlik vakillari hamda Markaziy bank viloyat boshqarmasi vakillari tashrif buyurishdi.

Hamkorbank Qashqadaryo mintaqaviy filialida jismoniy va yuridik shaxslar bank xizmatlarining barcha turlaridan, shu jumladan xisob kassa xizmatlari, axoli va biznes subyektlari uchun kreditlar, omonat va depozitlar, xalqaro pul o'tkazmalari, xalqaro va milliy to'lov tizimlari plastik kartalari, bankomatlar va bankning boshqa moliyaviy xizmatlaridan foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Filial ochilish marosimida “Hamkorbank” ATB Boshqaruv Raisi o'rinbosari Nazirjon Kadirov nutq so'zlab, Qashqadaryo viloyati iqtisodiy jixatdan tez rivozhlanayotgan Respublikamizning strategik hududlaridan ekanligini, tadbirkorlik subyektlari va viloyat axolisining sifatli bank mahsulot va xizmatlariga bo'lgan talabi ortib borayotganligini va yangi ochilgan ushbu filial mijozlarning talab va ehtiyozhlarini yuqori darajada qondirish uchun sifatli xizmat ko'rsatishini ta'kidladi.

Shuni aloxida ta'kidlash joizki, Qashqadaryo mintaqaviy filiali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jixozlangan biznes markaz binosida joylashgan. Biznes markaz viloyat va Qarshi shahri tadbirkorlik subyektlari uchun shinam ofislarda faoliyat yuritish, biznes konferensiyalar va uchrashuvlar tashkil etish imkoniyatini beradi.

Qashqadaryo mintaqaviy filialiga marhamat!
Manzil: Qarshi sh., I. Karimov ko'chasi, 52 uj. Mo'ljal – viloyat adliya boshqarmasi ro'parasida.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon: 0 800 1 200 200


Bank mahsulotlari va xizmatlari xaqidagi yangiliklarni izhtimoiy tarmoqlarda kuzating:


news_09092019.jpg


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play