Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Termiz va Qarshi shaharlarida 24-26 aprel kunlari «Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik istiqbollari» mavzusida seminar bo'lib o'tdi

Termiz va Qarshi shaharlarida 24−26 aprel kunlari «Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik istiqbollari» mavzusida seminar bo’lib o’tdi

29.04.2019
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Tadbir O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va O’zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi ko’magida o’tkazildi.

Аyol tadbirkorlarning faoliyati iqtisodiy sektorni rivojlantirish uchun juda muhim ahamiyatga ega: qo’shimcha ish o’rinlari yaratish imkonini beradi, iqtisodiyotning o’sish sur’atlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Seminarning maqsadi ayollarga tadbirkorlik faoliyatini o’rganish va tashkil etishda yordam ko’rsatishdan iborat.

Seminar-trening dasturida «biznes boshqaruvining huquqiy jihatlari: Qonunchilik va imtiyozlar», «Soliq tizimidagi kichik biznes uchun imtiyozlar va afzalliklar», «Tadbirkor ayollar biznesining o’ziga xos xususiyatlari», «Bank mahsulotlari va xizmatlari: ularning xususiyatlari va shartlari» kabi mavzular o’rin olgan edi. Mutaxassislar ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdilar.

Tadbir tashkilotchilari ishtirokchilarga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar va bu ushbu jo’nalishdagi so’nggi seminar emasligiga ishonch bildirdilar.
n_29042019_1.jpg n_29042019_2.jpg
n_29042019_3.jpg n_29042019_4.jpg

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026