Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hamkorbank Islomiy moliya bo‘yicha 20-Xalqaro Shariat olimlari forumida ishtirok etdi

Hamkorbank Islomiy moliya bo‘yicha 20-Xalqaro Shariat olimlari forumida ishtirok etdi

23.09.2025
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Hamkorbank Islomiy moliya bo‘yicha 20-Xalqaro Shariat olimlari forumi (ISSF2025)da ishtirok etdi. Forum 16−18 sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi va turli mamlakatlardan yetakchi mutaxassislar, olimlar hamda tartibga soluvchilarni birlashtirdi.
Tadbir davomida islomiy bank tizimiga o‘tish, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish va barqaror moliyaviy tizimni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, islomiy oynalar, huquqiy va tartibga soluvchi jihatlar, shariat nazorati hamda islomiy moliya vositalarini bank sektoriga integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Hamkorbank uchun ISSF2025 islomiy moliya bozorida pozitsiyalarni mustahkamlash va xalqaro tajriba almashish uchun muhim qadam bo‘ldi. Biz Shariat tamoyillariga mos, ochiq va qulay mahsulotlarni rivojlantirishga intilamiz.
Hamkorbank’ning islomiy moliyalashtirish, mavjud mahsulotlar va taqdim etish shartlari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali o‘qing yoki 1809 raqami orqali biznes mijozlar uchun masofaviy qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026