«Hamkorbank» ATB Olmazor BXOga qarashli bankomat nosozligi yuzasidan rasmiy munosabat
Joriy yilning 1-may kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida «Hamkorbank” ATB Olmazor BXOga qarashli bankomat ishlamayotgani haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan.
MUNOSABAT
Ushbu murojaatga ko‘ra, Olmazor BXOga qarashli Taxtapul ko‘chasi yonidagi 24/7 shoxobchasidan pul yechishga harakat qilgan fuqaro, bankomat nosoz holatda ekanligidan shikoyat qilgan.
Bank mas’ullari tomonidan holat bo‘yicha zudlik bilan o‘rganish ishlari olib borildi va aniqlanishicha, fuqaro bankomatdan pul yechishga uringan vaqtida, bankomatda aloqa tizimi bilan bog‘liq uzilishlar aniqlangan, shu bois, bankomat ishchi holatida bo‘lmagan. Ko‘p o‘tmay, xodimlarimiz tomonidan barcha zaruriy chora-tadbirlar qo‘llanilgan.
Hozirda keltirilgan noqulayliklar to‘liq bartaraf etilgan, bankomat odatdagi rejimda faol ishlamoqda.
Shuningdek, «Hamkorbank” ATB barcha mijozlarning fikr va takliflarini doimiy inobatga olishi, biroq tijorat banki sifatida o‘z faoliyati mobaynidagi yangiliklarni biznes va foyda ko‘rsatkichlariga binoan amaliyotga tatbiq etishini ma’lum qilamiz. Bildirilgan ishonch va takliflaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.