Rasmiy munosabat
MUNOSABAT
Joriy yilning 19-sentabr kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi «BASTION» kanalida «Hamkorbank» ATB Asaka UBXOdagi bankomati ishlamayotgani haqida e‘lon qilingan xabar yuzasidan.
Ushbu murojaatga ko‘ra, Asaka UBXOda bankomatdan pul yechishga harakat qilgan fuqaro, bankomat nosoz holatda ekanligidan shikoyat qilgan.
Bank mas’ullari tomonidan holat bo‘yicha zudlik bilan o‘rganish ishlari olib borildi va aniqlanishicha, fuqaro bankomatdan pul yecchishga uringan vaqtida, bankomat bilan haqiqatda texnik nosozlik yuz bergan, shu bois, bankomat ishchi holatida bo‘lmagan. Ko‘p o‘tmay, xodimlarimiz tomonidan barcha zaruriy chora-tadbirlar qo‘llanilgan.
Hozirda keltirilgan noqulayliklar to‘liq bartaraf etilgan, bankomat odatdagi rejimda faol ishlamoqda
Darhaqiqat, bank ofislarida amaldagi ish vaqti soat 9:00 bo‘lishiga qaramasdan, aynan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, bank ofislarimiz soat 8:00 dan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Shuningdek, «Hamkorbank» ATB barcha mijozlarning fikr va takliflarini doimiy inobatga olishi, biroq tijorat banki sifatida o‘z faoliyati mobaynidagi yangiliklarni biznes va foyda ko‘rsatkichlariga binoan amaliyotga tatbiq etishini ma‘lum qilamiz. Bildirilgan ishonch va takliflaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.