Rasmiy munosabat

28.03.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning 27-mart kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan murojaat yuzasidan.

Bank mas’ullari tomonidan «Kikki va VIV» Telegram kanalida e’lon qilingan mijozning murojaati to’liq o‘rganib chiqildi. Murojaatchi keksa va betob otasiga tegishli bank kartasining amal qilish muddati tugaganligi bois, yangi kartani rasmiylashtirishni so’ragan va shu sababli tushunmovchilik kelib chiqqan.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida bank xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda tushunmovchilik yuzaga kelgan, xodimlar ichki tartib-qoidalarga muvofiq va mijozning pul mablag‘lari xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini so‘ragan hamda karta egasining bank bo‘limiga shaxsan tashrif buyurishini tavsiya etishgan. Ta’kidlash joizki, hozirgi davrda bank kartalaridan foydalanish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari, ayniqsa keksa yoshdagi shaxslarga nisbatan sezilarli darajada ko‘paygan. Shu sababli, bank o‘z mijozlarining mablag‘larini kibertahdidlar va firibgarliklardan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyat ijobiy hal etildi. Bank xodimlari tomonidan zarur identifikatsiya jarayoni o‘tkazilib, mijozga yangi bank karta taqdim etildi.

Hamkorbank mijozlarning ishonchini qadrlaydi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori darajadagi xavfsizligi hamda sifatini ta’minlaydi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026