Rasmiy munosabat
2026-yil 6-yanvar kuni «Samarqand_LIVE» Telegram kanalida Hamkorbank faoliyatiga oid e’lon qilingan xabarlar yuzasidan
MUNOSABAT
Ma’lum qilamizki, 2026-yil 6-yanvar kuni «Hamkorbank» ATBning ayrim bank tizimlarida texnik nosozliklar kuzatilgan. Ushbu sababli to‘lovlar bilan bog‘liq ayrim amaliyotlar vaqtincha kechikish bilan amalga oshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan 06.01.2026 kuni «Hamkorbank» ATBning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali quyidagi axborot e’lon qilingan edi:
«Hurmatli mijozlar! Bank tizimlarida texnik nosozlik kuzatilganligi sababli 06.01.2026 yil kuni to‘lovlar bilan bog‘liq ayrim bank tizimlarida uzilishlar kuzatildi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! 07.01.2026 yil kunidan boshlab barcha tizimlar shtat rejimida ishlaydi.»
Texnik nosozliklar bank mutaxassislari tomonidan o‘sha kuni bartaraf etilib, tizimlar 6-yanvar kuni kechga yaqin to‘liq ishchi holatga keltirildi. Shuningdek, ayrim tashkilotlar tomonidan ish haqi bo‘yicha reyestrlarni shakllantirish va o‘tkazish jarayonlari 07-yanvar kuni davom ettirildi.
Ta’kidlashni istaymizki, ish haqi to‘lovlarini o‘tkazish jarayoni ikki bosqich- ish beruvchi tashkilot tomonidan reyestr va to‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish, so‘ngra bank tomonidan mazkur topshiriqlarni amalga oshirishdan iborat.
Texnik nosozlik bartaraf etilgach, bank tomonidan tizimlar normal ish rejimiga qaytarildi va kelib tushgan barcha to‘lov topshiriqnomalari amaldagi tartibda bajarildi. Hamkorbank" ATB mijozlar oldida o‘z majburiyatlarini bajarishni ustuvor vazifa deb biladi va texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yana bir bor uzr so‘raydi.