Rasmiy munosabat

26.02.2026
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Joriy yilning 26-fevral sanasida «Bastion» Telegram kanalida «Hamkorbank» ATBga qarashli bankomatda bir fuqaroning pul mablag‘lari ortiqcha foiz bilan naqdlashtirilgani haqidagi xabar yuzasidan

MUNOSABAT


2026-yil 10-fevral sanasidan boshlab Bank xizmat haqlari bo‘yicha Hamkorbankning ichki tariflariga o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, mazkur sanadan e’tiboran ayrim operatsiyalar, jumladan kredit kartalari orqali naqdlashtirish uchun komissiya miqdori 3,9 foiz etib belgilangan. Ushbu o‘zgarishlar Bankning rasmiy veb-sayti hamda sms-xabarnoma orqali e’lon qilingan.
Mazkur holatda mijoz tomonidan naqdlashtirish amaliyoti kredit karta orqali amalga oshirilgan.
Shuningdek, hozirgi vaqtda Uzcard tizimida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli, ayrim qurilmalarda komissiya miqdori aks ettirilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarda tafovut kuzatilishi mumkin.
Vaziyat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida, «Bastion» Telegram kanal ma’muriyati hamda murojaat muallifi bilan bog‘lanishga bir necha bor harakat qilingani, biroq hozirga qadar javob olinmaganini ma‘lum qilamiz.
Hurmatli mijozlar!
Tushunmovchilik yoki savollar yuzaga kelgan taqdirda, avvalo bankning rasmiy aloqa kanallari orqali ma’lumotni aniqlashtirishingizni so‘raymiz. Biz har bir murojaatni ko‘rib chiqish va kerakli tushuntirish va ma‘lumotlarni berishga tayyormiz.
«Hamkorbank» ATB doimo sizning xizmatingizda va bildirgan ishonchingizni qadrlaymiz!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026