Rasmiy munosabat

06.10.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning 2-oktabr sanasida facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Oltin vodiy» guruhi sahifasida «Hamkorbank» ATBga qarashli bankomatda bir fuqaroning naqd pul yechish bilan bog‘liq e’tirozli murojaati yuzasidan.

MUNOSABAT

Mazkur holat «Hamkorbank» ATBning Beshariq tumanidagi savdo bozori yonida joylashgan 24/7 shaxobchasida sodir bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha bank mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, fuqaro Beshariq tumani markazida joylashgan «Hamkorbank» bankomatidan naqd pul yechishga harakat qilgan vaqtida, bankning IT xodimi bankomatda texnik sozlash ishlarini amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Xodim fuqaroga 5−10 daqiqa kutib turishini so‘ragan, biroq fuqaro shoshayotganini bildirgan va shu atrofdagi boshqa bankomat joylashgan manzilni so‘raganida, bank xodimi fuqaroga qulaylik yaratish maqsadida eng yaqin boshqa bankomat manzilini ko‘rsatgan. Murojaatda aytilgan naqd pul yechish vaqtida olinadigan foiz miqdori (komissiya) barcha tijorat banklari terminallarida umumiy tartibda belgilanishini ma‘lum qilamiz.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, «Hamkorbank» ATB mijozlarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish, bankomatlarning uzluksiz faoliyatini ta’minlash maqsadida muntazam texnik xizmat va profilaktika ishlarini olib boradi.

Bugungi kunda Beshariq tumanidagi mazkur bankomat to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan va odatdagi rejimda ravon faoliyat yuritmoqda.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026