Rasmiy munosabat

28.03.2025
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning 28-mart kuni Facebook ijtimoiy tarmog’ida e’lon qilingan murojaat yuzasidan.

Bank mas’ullari tomonidan Facebook’dagi «Potrebitel.Uz» guruhida e’lon qilingan, HUMO kartasini yetkazib berishdagi yuzaga kelgan muammo haqidagi mijoz murojaatini batafsil o‘rganib chiqildi.

Darhaqiqat, mijoz joriy yilning 18-mart kuni Hamkorbank kartasi yetkazib berish xizmatiga topshirilganligi haqida xabarnoma olgan. Biroq, buyurtmalar ko‘pligi sababli yetkazib berishda kechikishlar yuz bergan. Hozirda kartani yetkazib berish masalasi hal etildi va mijozga karta topshirildi.

Hamkorbank bank kartalarini yetkazib berish jarayonini takomillashtirish va mijozlarga masofadan xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish ustida ishlar olib bormoqda.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026