2026-yil 13-aprelda Telegram kanalida hududiy ofislaridan biridagi holat aks ettirilgan video murojaat yuzasidan | Rasmiy munosabat | Hamkorbank

Rasmiy munosabat

14 / 04 / 2026

Joriy yilning 13-aprel sanasida “Jamoat nazorati” Telegram kanalida “Hamkorbank” ATBning hududiy ofislaridan biridagi holat aks ettirilgan video murojaat yuzasidan 

MUNOSABAT 

Marg‘ilon shahri B.Marg‘iloniy ko‘chasi 17-uyda joylashgan Marg‘ilon universal bank xizmatlari ofisiga qarashli “Ipakchi” bank xizmatlari ofisi faoliyati yuzasidan bildirilgan murojaat bank tomonidan atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida kuzatuv kameralari yozuvlari hamda mas’ul xodimlarning tushuntirishlari asosida aniqlanishicha, murojaat qilgan fuqaroning masalasi bankka murojaat qilganidan so‘ng, 30 daqiqa ichida amaldagi tartiblar asosida hal etilgan.

Shuni ta’kidlash lozimki, bank xodimlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi mehnat qonunchiligi hamda ichki tartib-qoidalar asosida olib boradi. Har bir xodim o‘ziga biriktirilgan funksional vazifalar va tizimdagi ruxsat darajalari (dostuplar) doirasida xizmat ko‘rsatadi. Shu sababli, ayrim bank xizmatlarini har qanday xodim tomonidan bajarish imkoniyati mavjud emas.

Bundan tashqari, bank xizmatlari har bir fuqaroga belgilangan navbat tartibi asosida ko‘rsatiladi. Ushbu tartib barcha mijozlar uchun teng va adolatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida joriy etilgan bo‘lib, alohida holatlar bundan mustasno.

Hamkorbank mijozlar murojaatlariga doimiy e’tibor qaratadi va xizmatlar sifatini yanada oshirish ustida muntazam ish olib boradi. Bildirilgan fikr va takliflar bank faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play