Rasmiy munosabat
Joriy yilning 15-mart sanasida «Jamoat nazorati» Telegram kanalida Marg‘ilon shahar hududida joylashgan «Hamkorbank» ATBga qarashli bankomatlarning birida nosozlik holati kuzatilgani yuzasidan
Munosabat
Mazkur murojaatda Marg‘ilon shahar hududida joylashgan bankomatlarning ishlamayotgani yuzasidan e’tiroz bildirilgan.
Ushbu holat yuzasidan Hamkorbank mutasaddi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan bo‘lib, aniqlanishicha, e’tiroz bildirilgan vaqtda bankomatda texnik nosozlik yuzaga kelgan va qisqa muddat ichida texnik xodimlar tomonidan muammo bartaraf etilgan.
Hozirgi kunda mazkur bankomat to‘liq ishchi holatga keltirilgan va aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Shuni ma’lum qilamizki, bankomatlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida ular doimiy ravishda texnik nazoratdan o‘tkaziladi hamda zarur hollarda rejali texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda texnik yoki inkassatsiya jarayonlari sababli bankomatlar vaqtincha ishlamasligi mumkin.
Hamkorbank tomonidan mijozlarga sifatli va uzluksiz bank xizmatlari ko‘rsatish doimo ustuvor vazifa hisoblanadi. Keltirilgan noqulayliklar tezkorlik bilan bartaraf etiladi.