Rasmiy munosabat

09.09.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning 8-sentabr kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi «FERGANAMEDIA» va «Marg‘ilon sahovat» guruhlarida «Hamkorbank» ATBga tegishli 24/7 bankomati ishlamayotgani haqida e‘lon qilingan xabar yuzasidan.

Mazkur murojaatda aytilishicha, Marg‘ilon shahri, B.Marg‘iloniy ko‘chasi 440A uy manzilida joylashgan, Marg‘ilon UBXOga qarashli 24/7 shoxobchasidagi bankomatda fuqaro pul yechishga harakat qilgan, lekin bankomat pulni chiqarmagan.

Murojaat yuzasidan bank mas’ullari tomonidan zudlik bilan o‘rganish ishlari olib borilganida, fuqaro bankomatdan naqd pul yechishga harakat qilganida, xodimlarimiz tomonidan bankomatga naqd pul joylash (inkassatsiya) jarayoni amalga oshirilayotgan bo‘lib, shu vaqtda texnik nosozlik yuzaga kelgani aniqlandi.

Holat shu kunning o‘zida tezkorlik bilan bartaraf etilgan va bankomat hozirda odatdagi rejimda ish faoliyatini davom ettirmoqda.

«Hamkorbank» ATB mijozlar uchun doimiy qulaylik va sifatli xizmat ko‘rsatishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi. Qolaversa, bu kabi texnik nosozliklarni imkon qadar tezkorlik bilan bartaraf etishga doir barcha choralarni ko‘rib boradi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026