«Nihol» NTM faoliyati yuzasidan raddiya
Joriy yilning 2-iyul sanasida Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi «Komporuz» kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan
RADDIYA
Ijtimoiy tarmoqlarda «Nihol» NTM faoliyati yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Ushbu NTMning «Hamkorbank» ATBga tegishli ekanligi haqidagi da’volar mutlaqo haqiqatga zid va asossiz bo‘lib, amaldagi huquqiy hujjatlarga ko‘ra, «Hamkorbank» ATB ushbu muassasaning ta’sischisi (muassisi) hisoblanmaydi.
Qolaversa, ushbu holat rasmiy manbalar hamda huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadi. NTM mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z faoliyatini mustaqil ravishda olib boradi. Uning faoliyatiga aralashish qonunchilikka zid hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internet tarmoqlarida asossiz, yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun, qolaversa, shaxsning qadr-qimmatini kamsitishga, obro‘sizlantirish yoxud jamoat tartibiga tahdid solishga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan.
«Hamkorbank» ATB ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va blogerlarni har qanday ma’lumotni e’lon qilishdan avval uning ishonchliligi va haqqoniyligini tekshirishga chaqiradi.
Tashkilotlarning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan, tasdiqlanmagan va haqiqatga mos kelmaydigan axborotlarni tarqatish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.