Matbuot markazi
/
Rasmiy munosabatlar
/
Ofislarning ish vaqtini o‘zgartirish yuzasidan munosabat

Ofislarning ish vaqtini o‘zgartirish yuzasidan munosabat

25.09.2026
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning 24-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqda «Hamkorbank» ATBning ayrim ofislarida ish vaqtining uzaytirilgani yuzasidan murojaat e’lon qilindi. Murojaatda bank xodimlarining haftalik ish vaqti bo‘yicha savollar bildirilgan.

MUNOSABAT

Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Avvalo, Hamkorbank tomonidan ofislarning ish vaqtini uzaytirish mijozlarga yanada qulay vaqtda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida amalga oshirilganini ta’kidlaymiz.

Xususan, bu haqida bankning rasmiy sahifalarida respublika bo‘ylab qator ofislarning ish vaqti yanada uzaytirilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilgan. Hozirda ayrim ofislar ish kunlari soat 20:00 gacha, ayrimlari esa shanba kuni 09:00—13:00 gacha mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Shu o‘rinda, ofisning mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqti xodimning individual ish vaqti bilan bir xil tushuncha emasligini qayd etamiz. Ofisning belgilangan ish grafigi davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni xodimlarning tasdiqlangan ish jadvallari va navbatchilik asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, ish vaqtining uzaytirilishi xodimlarning belgilangan mehnat vaqtidan ortiq ishlashini anglatmaydi. Xodimlarning ish vaqti amaldagi mehnat qonunchiligi talablari, mehnat shartnomalari hamda tasdiqlangan ish grafiklari asosida tashkil etiladi.

Hamkorbank mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bilan bir qatorda, xodimlarning mehnat huquqlari va qonunchilikda belgilangan kafolatlariga rioya etishga ham alohida e’tibor qaratadi.

Bank faoliyatiga bildirilgan e’tibor va murojaat uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.10.2026