Matbuot markazi
/
Rasmiy munosabatlar
/
“Olmazor” universal bank xizmatlari ofisida tasvirga olib tarqatilgan xabarga raddiya

«Olmazor» universal bank xizmatlari ofisida tasvirga olib tarqatilgan xabarga raddiya

30.10.2026
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning 28-oktabr kuni «dilfuza90708» Instagram kanalida e’lon qilingan «Hamkorbank» ATB faoliyati yuzasidan bankning ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, go‘yoki qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgandek taassurot uyg‘otuvchi ma’lumotlarga

RADDIYA

Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur xabarda o’zini Arifxodjayeva Dilfuza deb tanishtirgan shaxs bank faoliyatiga nisbatan asoslanmagan ma’lumotlarni ilgari surib, holatning barcha jihatlarini yoritmasdan keng ommaga taqdim etgan. Tekshirilmagan ma’lumotlarning bir tomonlama talqinda tarqatilishi jamoatchilikda bank faoliyati to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur shakllanishi hamda «Hamkorbank» ATBning ishchanlik obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, bunday mazmundagi asossiz ma’lumotlar butun bank tizimiga nisbatan aholining noto‘g‘ri munosabatini shakllantirishga olib keladi.

Ta’kidlash joizki, bank va mijozlar o‘rtasidagi kredit munosabatlari, garov ta’minoti hamda mol-mulk bilan bog‘liq jarayonlar tegishli shartnomalar va amaldagi qonunchilik asosida tartibga solinadi. Bunday holatlarga huquqiy baho berishda shartnomaviy majburiyatlar, ularning bajarilish holati, tegishli hujjatlar va qonunchilikda belgilangan tartib-taomillar kompleks ravishda o‘rganilishi zarur. Shu bois, masalaning barcha jihatlarini aniqlamasdan turib, bank faoliyatiga nisbatan bir tomonlama xulosa chiqarish to‘g‘ri emas. Arifxodjayeva Dilfuza bilan bank o’rtasida tuzilgan shartnomaviy munosabatlarda ham amaldagi ichki qoidalarga, qonunchilikka qat’iy rioya etilgan.

«Hamkorbank» ATB o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik va shartnomaviy munosabatlar talablariga muvofiq amalga oshiradi. Bank faoliyatiga oid har qanday masala yuzasidan xolis xulosa chiqarish uchun taxminlar yoki bir tomonlama da’volarga emas, balki ishonchli faktlar va tegishli hujjatlarga tayanish lozim.

Shu munosabat bilan, tekshirilmagan ma’lumotlarning tarqatilishi oqibatida bankning ishchanlik obro‘siga yetkazilgan zararni qoplash hamda «dilfuza90708» Instagram kanaliga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish masalasi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilinadi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 30.10.2026