Rasmiy munosabat

28.02.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning 20 fevral kuni ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qilingan murojaat yuzasidan.

AKB «Hamkorbank» «Bankir Kundaligi» telegram kanalida e’lon qilingan mijozning bank kartasi hisob raqamlarini yopishda yuzaga kelgan holat bo‘yicha murojaatini batafsil o‘rganib chiqdi. Haqiqatdan ham mijoz joriy yilning 11 fevral kuni «Poytaxt» UBXOga tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida texnik muammolar yuzaga keldi va ularni bartaraf etish uchun ma’lum vaqt talab etilishi aniqlandi. Mijozga xodimlar tomonidan holat yuzasidan ma’lumotlar ham yetkazildi. Shuningdek, bankning mas’ul bo‘lim xodimlari tomonidan tegishli ishlar olib borilib, murojaat muvaffaqiyatli hal etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 15 kun.

Shu kabi vaziyatlar paydo bo‘lsa, doim (78) 150−91−25 ishonch telefoni raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki contact@hamkorbank.uz elektron pochta manziliga murojaat yuborishingiz mumkin.

Hamkorbank bu kabi holatlarning oldini olish va mijozlarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish uchun doimiy ravishda ish olib boradi. Sizning ishonchingiz biz uchun juda muhim va biz uni qadrlaymiz.


Shuningdek, «Bankir Kundaligi» telegram kanaliga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026