Rasmiy munosabat

20.05.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning 19-may sanasida «Hamkorbank» ATBning Qarshi universal bank xizmatlari ofisi (UBXO) xodimlari faoliyati bo‘yicha «Nurillo Nuriddinov blogi»da e’lon qilingan murojaat yuzasidan.


Murojaatda bayon etilishicha, Qarshi UBXOda mijozlardan biri o‘z navbatini uzoq kutgani va xizmat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan xodimlar ish joylarida to‘liq emasligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamizki, Qarshi UBXOda shu kuni mijozlar soni odatdagidan ko‘payib ketgan va ularga navbati bilan to‘liq xizmat ko‘rsatilgan.

Murojaatga sabab bo‘lgan holatda, shoshib turgan mijozlarga tabiiyki navbatlar ko‘pligi ushbu murojaatni bildirishga sabab bo‘lgan. Bank xodimlari ushbu talabga javoban navbat tizimidan foydalanish zarurligini tushuntirgan, chunki navbatsiz xizmat ko‘rsatish qolgan mijozlarning huquqlarini buzishga va haqli noroziliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamizki, har bir shaxs o‘z vaqtini qadrlar ekan, boshqalarning huquqlari, qimmatli vaqtlariga ham hurmat bilan qarashi lozim.

Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimiz aholisi ommaviy axborot vositalari va blogerlar orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarga katta ishonch bildirmoqda. Shuning uchun bizga bildirilgan ishonch va xizmat faoliyatini suiste’mol qilmagan holda, yuzaga kelgan munozarali vaziyatga oid mavjud barcha faktlarni aniqlik bilan yoritishni so‘raymiz.

Hamkorbank mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko’rsatishda va qulayliklar yaratishda davom etadi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026