Rasmiy munosabat
Joriy yilning 17-dekabr sanasida «Jamoat nazorati» Telegram kanalida Quva tumani Xo‘jam poshsho maqbarasi oldida joylashgan «Hamkorbank» ATBga qarashli bankomat faoliyatiga oid murojaat e’lon qilingani yuzasidan
Munosabat
Murojaatda qayd etilishicha, mazkur manzilda joylashgan bankomat orqali naqd pul yechib bo‘lmayotgani yuzasidan e’tiroz bildirilgan.
Mazkur holat «Hamkorbank» ATBning mutasaddi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, murojaat kelib tushgan vaqtda bankomatda rejali texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilgan bo‘lib, bankomat ekranida «vaqtincha ish faoliyatida emas» degan ogohlantiruvchi axborot joylashtirilgan.
Ma’lum qilamizki, bankomatlarning ishchi holatga keltirilishi mijozlar murojaatiga bog‘liq bo‘lmagan holda, bankning ichki monitoring tizimi va texnik xizmat jadvali asosida amalga oshiriladi. Ushbu bankomatdagi texnik nosozlik o‘sha kunning o‘zida bartaraf etilgan va bankomat hozirda ishchi holatda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shu o‘rinda, bank faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tarqatilayotgan axborotlar vaziyatga doir barcha holatlar o‘rganilgan, tekshirilgan va tasdiqlangan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tamiz.
«Hamkorbank» ATB doimo mijozlar manfaatini ustuvor deb biladi va bildirilayotgan ishonchni yuksak qadrlaydi.