Rasmiy munosabat

01.03.2023
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

2023 yil 28 fevral kuni Telegram kanallarning birida e‘lon qilingan «Bank mashina xaridi uchun kerakli pulni haligacha o‘tkazib bermayapti…» mazmunidagi xabarga rasmiy munosabat.

Ushbu holat «Hamkorbank» ATB Buxoro Mintaqaviy bank xizmatlari ofisi mijozi bilan bog‘liq bo‘lib, mijoz 14.11.2022 yil kuni Xitoy Xalq Respublikasidan «FAW VAN TRUCK 2022» rusumli yuk mashinasini sotib olish maqsadida, xarid uchun to‘lovni amalga oshirgan. Ushbu jarayonda «Hamkorbank»ning xorijiy korrespondent banki orqali qabul qilinadigan bank filialiga tegishli tarzda pul mablag‘lari o‘tkazib berilgan. Lekin qabul qilib oluvchi bank filialing komplayens xizmati kelib tushgan pul mablag‘larini qo‘shimcha tekshirish maqsadida, yuk mashina sotuvchisiga o‘tkazib bermagan (AQSH hukumati tomonidan turli sanksiyalar qo‘llanilgan davlatlarga aloqasi bor yoki yo‘qligi tekshirish nazarda tutilmoqda). Ushbu vaqt oralig‘ida «Hamkorbank» ATB tomonidan xorijiy korrespondent bank yordamida to‘lov holatini aniqlashtirish bo‘yicha qabul qilib oluvchi bank filialiga qo‘shimcha so‘rovlar yuborilgan. Qabul qilib oluvchi bank filialining oxirgi xabarida pul mablag‘lari tez kunda korrespondent bankka qaytib yuborilishi aytib o‘tilgan. Pul mablag‘lari qabul qilib oluvchi bank filiali tomonidan qaytarilganidan so‘ng, mablag‘lar mijoz hisob-raqamiga o‘tkazib beriladi.

Ushbu vaziyat geosiyosiy holatdan kelib chiqqanligi hamda bunga o‘xshash to‘lovlar soni ko‘pligi sababli, mablag‘larning qaytib kelish vaqti cho‘zilayotgani bank mijoziga batafsil tushuntirib o‘tilgan va rasmiy xat yuborilgan.


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026