Rasmiy munosabat

05.07.2022
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Sberkassa.uz» Telegram kanalida e’lon qilingan «Bank mijozlarning sug‘urtani erkin tanlashiga to‘sqinliq qilmoqda» deb nomlangan xabariga rasmiy munosabat.

Joriy yilning 1-iyul kuni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Telegram kanalda bankning Urgut filialida avtokredit ajratish vaqti cho‘zilib ketishi va sug‘urta kompaniyasini tanlashda mijozga imkoniyat taqdim etilmaganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, mijozga kredit qaytmasligi xatarini sug‘urtalash maqsadida O‘zbekiston hududida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan bir nechta ishonchli va yirik sug‘urta tashkilotlari taklif etilgan. Aynan taklif etilgan ushbu sug‘urta tashkilotlari sug‘urta xodisasi yuz berganda, o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish imkoniyatiga egaligi mijozga tushuntirilgan. Mijoz esa o‘z roziligini bildirgan holda taklif etilgan sug‘urta tashkilotlari orasidan ma’qul kelganini tanlab olgan.

Yana bir muhim jihat. Mijoz kredit rasmiylashtirish uchun arizani 2022-yil, 26-iyun kuni bankka taqdim etgan, kredit 2022-yilning 1-iyul kuni ajratib berilgan.

Hozirga vaqtda mijoz tomonidan bankka hech qanday e’tiroz yo‘q, kredit mablag‘lari avtomobil sotuvchisining plastik kartasiga o‘tkazib berilgan.


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026